17:13 / 28.10.2024
8

Indoneziyada iPhone 16 sotuvi taqiqlandi

Indoneziyada iPhone 16 sotuvi taqiqlandi
Foto: Bloomberg
Apple kompaniyasi Indoneziya iqtisodiyotiga yetarlicha sarmoya kiritmagani uchun mamlakatda iPhone 16 sotuvi taqiqlandi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Indoneziya Sanoat vazirligi sentyabr oyida Apple tomonidan chiqarilgan yangi iPhone 16 mamlakat bozorida sotilmasligini e’lon qildi, chunki PT Apple Indonesia bo‘linmasi barcha smartfonlar uchun majburiy bo‘lgan 40 foizlik mahalliy kontent talabini bajarmagan. Taqiq Apple'ga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin, chunki Indoneziyadagi smartfonlar bozori kompaniya savdosining o‘sishida muhim rol o‘ynaydi.

Indoneziya Osiyo mintaqasidagi eng yirik iqtisodiyotga ega davlatlardan biridir. Mamlakatda faol foydalanilayotgan mobil telefonlar soni 350 milliondan ortiq deb baholanmoqda. Mamlakat aholisi 270 million kishini tashkil qiladi. Bu aholining aksariyati ikki yoki undan ortiq smartfondan foydalanishini anglatadi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Apple'ning Indoneziya iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasi kutilgan 1,7 trillion rupiy o‘rniga atigi 1,5 trillion rupiyni (taxminan 95 million dollar) tashkil etgan. Rasmiylar, shuningdek, Apple mamlakatda ishlab chiqarish korxonalarini qurish o‘rniga ishlab chiquvchilar uchun akademiyalarni rivojlantirganidan norozilik bildirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Indoneziyada iPhone 16 sotuvi taqiqlandi