23:18 / 28.10.2024
11

Rossiyalik taksichilar Xitoy avtomobillari sifatidan ommaviy shikoyat qila boshladi

Rossiyalik taksichilar Xitoy avtomobillari sifatidan ommaviy shikoyat qila boshladi
Foto: RIA Novosti
Rossiyalik taksi haydovchilari hozirda mamlakat taksoparkining 70-80 foizini egallab olgan Xitoy avtomobillari sifatidan shikoyat qilmoqda. XXR mashinalari 150 ming kilometr yurganidan keyin hisobdan chiqarilyapti, Yevropa va Koreya markalarida esa ushbu ko‘rsatkich 250—300 ming kilometrni tashkil etadi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, transport vositalarining jiddiy ehtiyot qismlari ishdan chiqmoqda — asosan variatorlar va dvigatellar. «Taksiga taqdim etilgan modellar qatori deyarli bir xil. Baza — dvigatellar, uzatmalar qutisi — o‘xshash va bularning barchasi u qadar sifatli emas… Kafolatlar ishlamaydi, ehtiyot qismlarni topish mushkul», — deydi «Taksist» mintaqalararo kasaba uyushmasi vakili Andrey Popov. Uning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy avtomobillari xarid qilingan narxiga arzimaydi.

Sanoat axboroti milliy agentligi tahlilchilarining fikricha, Xitoy krossoveridan besh yil davomida foydalanish narxi yangi avtomobil narxidan oshib ketadi. Shu bilan birga, XXRda ishlab chiqarilgan avtomobilni ta’mirlash ham oson emas. 2024 yilning may oyida Rossiya avtomobil sug‘urtalari ittifoqi bir yil ichida transport vositalari ehtiyot qismlari importi muddati ikki barobarga oshgan va hozirda kamida 45 kunni tashkil etmoqda. Mamlakatdagi har to‘rtta avtoservisdan bittasi qalbaki ehtiyot qismlarni olishga majbur bo‘lyapti.

«Xitoyliklar avtomobilni yig‘ish haqida o‘ylamoqda, ammo keyinroq, ularga xizmat ko‘rsatish qanday bo‘lishi borasida bosh qotirmayapti. Servis xizmat ko‘rsatish madaniyati endi-endi paydo bo‘lmoqda», — deydi «Yevroavto» servisi egasi Roman Gulyayev.

Ukrainaga qarshi urush boshlaganidan keyin Rossiyadan deyarli barcha xalqaro avtomobil ishlab chiqaruvchilar chiqib ketdi — ular ishlab chiqarishni va yetkazib berishni to‘xtatdi. 2022 yil oxirlarida Rossiya avtomobil bozorida 14 ta brend qolgandi, ularning 11 tasi Xitoyga tegishli. Buning fonida Xitoy avtomobillari eksporti 2023 yil yakunlari bo‘yicha yetti barobarga oshib, 11,5 milliard dollarga yetdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik taksichilar Xitoy avtomobillari sifatidan ommaviy shikoyat qila boshladi