16:40 / 29.10.2024
24

Xitoy AQSHga qarshi: yangi kosmik qurollanish poygasi boshlanadimi?

Xitoy AQSHga qarshi: yangi kosmik qurollanish poygasi boshlanadimi?
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Lin Szyan Amerika rasmiylaridan koinotni harbiylashtirishni to‘xtatishni talab qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Xitoy mulozimiga ko‘ra, Pekin koinotda qurol-yarog‘ joylashtirilishiga qarshi.

Xitoy har doim kosmik bo‘shliqdan tinchlik maqsadida foydalanishni yoqlab kelgan, qurollanish poygasi va kosmosga qurol joylashtirishga qarshi chiqib kelgan. Biz Qo‘shma Shtatlarni mas’uliyatsiz bayonotlarni to‘xtatishga, kosmik bo‘shliqda harbiy kengayish va urushga tayyorgarlik ko‘rishni bekor qilishga chaqiramiz”, dedi u.

Xitoylik diplomat Pekin hech qaysi mamlakat bilan kosmik musobaqaga kirishish niyatida emasligi va kosmosda ustunlikka erishishga intilmayotganini aytdi. U Qo‘shma Shtatlar “kosmik fazoni ochiqchasiga jang maydoniga aylantirayotgani, bu barcha mamlakatlarning xavfsizlik va rivojlanish borasidagi huquqlariga jiddiy tahdid solayotgani”ni bildirdi.

Lin Szyan AQSH “kosmosda barqaror tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga munosib hissa qo‘shishi” uchun zarur choralar ko‘rishi lozimligini aytdi.

Avvalroq Bloomberg AQSH Kosmik kuchlariga tayanib, AQSH armiyasi 2025 yildan sun’iy yo‘ldoshlarni radioelektron tarzda bostirish uchun yangi ko‘chma stansiyalarni qo‘llay boshlashi haqida xabar bergandi. Gap asosan Rossiya va Xitoyga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan Meadowlands tizimi haqida ketgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy AQSHga qarshi: yangi kosmik qurollanish poygasi boshlanadimi?