Foto: Neal's Yard Dairy
Firibgarlar sut mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha Buyuk Britaniyadagi eng mashhur kompaniyalardan biri — Neal's Yard Dairy'ning 22 tonnadan ortiq pishlog‘ini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda kompaniya vakili o‘zining Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, kompaniyaga o‘zini yirik fransuz savdo firmasining ulgurji distribyutori deb tanishtirgan firibgar murojaat qilgan. Kompaniya unga Hafod, Westcombe va Pitchfork turiga oid 950 donadan ortiq sifatli cheddar pishloqlarini berib yuborgan. Ulkan moliyaviy yo‘qotishga qaramay, kompaniya kichik yetkazib beruvchilar oldidagi o‘z majburiyatlarini bajargan va pishloq yetib bormagan barcha mijozlari bilan to‘liq hisob-kitobni amalga oshirgan.
Kompaniya vakillarining ma’lum qilishicha, huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik qilinmoqda. Ular butun dunyodagi pishloq ishlab chiqaruvchilar hamjamiyatini ogohlikka chaqirdi.
«Kimgadir ushbu o‘g‘irlik bilan bog‘liq pishloqlar, xususan, og‘irligi 10 yoki 24 kilogrammli qadoqdagi chedderlar taklif qilinsa, iltimos, bizga yozing», — deyiladi bayonotda.
Jeymi Oliver ismli mashhur shef-oshpaz va teleboshlovchi jabr ko‘rgan kompaniyani qo‘llab-quvvatlash taklifini ilgari surgan. U o‘zining Instagram sahifasiga o‘g‘irlangan pishloq kompaniyaga 300 ming funt sterling zarar keltirganini yozgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi