AQSH yana o‘nlab kishi o‘ldirilishi ortidan G‘azodagi urushni yakunlashga chaqirdi

Dunyo2 daqiqa o'qish125
AQSH yana o‘nlab kishi o‘ldirilishi ortidan G‘azodagi urushni yakunlashga chaqirdi
Foto: AFP
Zarba seshanbaga o‘tar kechasi Bayt Lahiyaga yo‘llangan. Avvaliga 93 kishi halok bo‘lib, 40 kishi bedarak yo‘qolgani xabar qilindi. Favqulodda xizmatlar o‘nlab kishilar xarobalar ostida qolganini ma’lum qilgan. Keyinroq 93 kishi — halok bo‘lganlar va bedarak yo‘qolganlarning jami soni ekani ma’lum bo‘ldi.

AQSH Davlat departamenti vakili Mettyu Miller Vashington aviazarba oqibatida tinch aholi vakillaridan ko‘plab kishilar halok bo‘lganidan qattiq tashvishda ekanini bildirgan.

«Bu dahshatli oqibatlarga ega bo‘lgan dahshatli voqea», — degan u qurbonlardan yigirma nafari bolalar ekaniga urg‘u qaratib. «Bu so‘nggi zarbada fuqarolar qilgan fojiali to‘lov — bu urushga yakun yasash zararligi haqida yana bir eslatma», — degan Miller.

Isroil mudofaa armiyasi qo‘mondonligi tinch aholi vakillari orasidagi qurbonlar haqidagi xabar tekshirilishini ma’lum qilgan.

So‘nggi ikki haftada isroillik harbiylar G‘azo sektori shimolida, xususan, Jabaliya, Bayt Hanun va Bayt Lahiyada keng ko‘lamli reydlar o‘tkazmoqda.

Shifoxonadagi reydlar

Isroil zarbasi oqibatida yana 150 kishi yaralangani xabar qilingan.

Bayt Lahiyadagi shifoxona rahbari Hussam Abu Safiya davolash muassasasi dori-darmon va xodimlar yetishmovchiligi tufayli yaradorlarning barchasiga yordam ko‘rsata olmasligini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi navbatda bolalarga shoshilinch yordam ko‘rsatilmoqda.

«Shifoxonada birinchi yordam ko‘rsatish vositalaridan boshqa hech narsa qolmagan, ko‘plab shifokorlar va boshqa xodimlar harbiylar tomonidan hibsga olingan», — degan Safiya.

Isroil mudofaa armiyasi harbiylar o‘tgan haftada Hamas jangarilari foydalanayotgani aniqlangan shifoxonalarda reyd o‘tkazilganini ma’lum qilgan.

Isroil qo‘mondonligi izohlashicha, so‘nggi haftalarda G‘azo shimolida o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli amaliyotdan maqsad — Hamasga qayta guruhlanishga yo‘l qo‘ymaslikdir.

Harbiylarning so‘zlariga ko‘ra, jangarilar tinch aholi orasida yashirinmoqda. Hamasdagilar buni rad etadi.

SAHALning seshanba kuni e’lon qilingan bayonotida so‘nggi bir necha kun ichida Jabaliyada 40 nafar terrorchi o‘ldirilgani, ulardan ayrimlari Isroil texnikalari harakatlanadigan yo‘llarni minalash bilan shug‘ullangani aytilgan.

Ocharchilik xavfi
AQSH yana o‘nlab kishi o‘ldirilishi ortidan G‘azodagi urushni yakunlashga chaqirdi
Xabar qilinishicha, zarba berilgan uyda G‘azo sektorining boshqa hududlaridan Bayt Lahiyaga qochib kelgan o‘nlab kishilar istiqomat qilgan. Foto: AFP
Bu vaqtda G‘azo sektori shimolida gumanitar inqiroz kuchaymoqda, yuz minglab kishilar o‘ta og‘ir sharoitlarda yashamoqda.

O‘tgan haftada BMTning Inson huquqlari bo‘yicha komissari Folker Turk sektorning butun aholisi isroillik harbiylarning zarbalari, qamal va ocharchilik xavfi ostida ekanini aytgandi.

U shuningdek falastinliklarning qurollangan guruhlari tinch aholi orasida harakatlanib, ularga tahdid solishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidlagan.

Dushanba kuni Isroil parlamenti Knesset — ko‘pchilik ovozi bilan BMT Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) Isroil hamda uning nazorati ostidagi hududlarda ishlashini taqiqlovchi ikkita qonunni qabul qildi.

Isroil UNRWA'ning ayrim xodimlari falastinliklarning radikal guruhlari bilan hamkorlik qiladi deb hisoblaydi.

Isroil razvedkasi agentlikning kamida 12 xodimi Hamasning 2023 yil 7 oktyabr kungi hujumiga aloqador bo‘lganini ma’lum qilgan.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?