Foto: TASS
Rossiyada akkauntlari Gmail pochta servisiga bog‘langan Davlat xizmatlaridan foydalanuvchilarga pochtani «istalgan boshqasiga» almashtirish haqida ogohlantirish kelishni boshladi, deb yozadi The Moscow Times.
«Siz Davlat xizmatlaridan foydalanishda @Gmail.com'ni ishlatmoqdasiz. Unga muhim xabarlar va parolni qayta tiklash bo‘yicha maktublar keladi. Yaqinda Google kompaniyasi yangi akkauntlarni ochish uchun SMS-tasdiqlashdan foydalanishni chekladi. Biz ushbu funksiya mavjud akkauntlarda ham ishlash davom etishiga kafolat bera olmaymiz», — deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, akkauntni XMail.ru servisidan foydalangan holda «himoyalash» taklif etilmoqda.
Sentyabr oxirlarida RF Raqamli rivojlanish, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligi Google korporatsiyasi Rossiyadagi foydalanuvchilar uchun o‘z servislarida yangi akkauntlar ochishni cheklab qo‘yganini ma’lum qilgandi. Shu bois idora rossiyaliklarga Google servislarida saqlanayotgan ma’lumotlarining zaxira nusxalarini yaratib qo‘yishni tavsiya qilgan. O‘z navbatida «Rostelekom» Rossiyadagi Android operatsion tizimida ishlaydigan smartfonlarda Google servislari o‘chirib qo‘yilishi mumkinligidan ogohlantirgan.
Mobile Research Group yetakchi tahlilchisi Eldar Murtazinning ta’kidlashicha, ro‘yxatdan o‘tish bilan bog‘liq muammo oldin ham kuzatilgan. Uning taxminicha, Rossiya hukumati buning uchun zarar bo‘ladigan SMS-aloqani bloklab qo‘ygan.
Google Rossiyadagi ayrim foydalanuvchilarda o‘z akkauntidan foydalanishda kuzatilayotgan muammolardan xabardor ekanini ma’lum qilib, tez orada uni bartaraf etishga va’da berdi. Shu bilan birga, kompaniya mamlakatdagi barcha bepul servislariga bemalol kirilishini qo‘llab-quvvatlash niyatida. Google'ning jami 40 ta servisi bor. Ular orasida Google qidiruv tizimi, Gmail elektron pochtasi, Google Drive bulutli xotirasi va YouTube videoxostingi ham mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
KXDR o‘z askarlarini urushga yuborish evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan