Foto: “Kommersant”
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning da’vo qilishicha, 2022 yilda rus qo‘shinlari Kiyevga yaqinlashganda, ukrainalik generallar unga qo‘ng‘iroq qilib, go‘yo taslim bo‘lishni xohlashgan. Lukashenko unga kim qo‘ng‘iroq qilganiga aniqlik kiritmagan.
“Ukrainalik generallar menga qo‘ng‘iroq qilib, urushni to‘xtatish va qandaydir tarzda taslim bo‘lish uchun men orqali Putin bilan bog‘lanishni so‘rashdi”, dedi Belarus prezidenti Yevrosiyo xavfsizligi bo‘yicha Minsk xalqaro konferensiyasidagi chiqishi chog‘ida.
Belarus rahbarining fikricha, Ukrainada hozirda harbiy mojaroga barham berishni istaydigan aqlli odamlar qolgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bular birinchi navbatda “bu qirg‘inni tugatishni xohlaydigan” harbiylardir. U 2022 yilning bahorida “butun G‘arb va Rim papasi” vaziyatga qo‘shilib, rus qo‘shinlarining oldinga siljishini to‘xtatishni so‘raganini eslagan.
“Qo‘shinlar Kiyevdan olib chiqildi. Keyin-chi? Yana bir bor ishondik. Oxir-oqibat nima bo‘ldi?”, deya qo‘shimcha qilgan u.
Sentyabr oyi boshida Vladimir Putin Rossiya 2022 yilda erishilgan Istanbul kelishuvlari asosida Ukraina bilan muzokaralar o‘tkazishga rozi bo‘lganini ma’lum qilgandi. Kelishuvlar to‘plami Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish va yadroviy qurol yaratishdan bosh tortishini o‘z ichiga olgan. Rossiya va Ukraina tomonlari o‘rtasidagi muzokaralar 2022 yilning may oyida Kiyev tashabbusi bilan to‘xtatilgan.
30 oktyabr kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina armiyasi Rossiyaning barcha hududlaridan to‘liq olib chiqilmaguncha, Moskva muzokaralar olib bormasligini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi