08:35 / 01.11.2024
34

Ukraina Kim Chen Inni hibsga olish orderi bo‘yicha XJSga murojaat qiladi

Ukraina Kim Chen Inni hibsga olish orderi bo‘yicha XJSga murojaat qiladi
Foto: KCNA
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy KXDR rahbari Kim Chen Inni hibsga olish orderi bo‘yicha Xalqaro jinoiy sudga (XJS) murojaat qilishi mumkinligini ta’kidladi. Bu haqda u Janubiy Koreyaning KBS telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Xususan, davlat rahbariga Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida sherik bo‘lgan Kim Chen Inni hibsga olish uchun order berish talabi bilan Xalqaro jinoiy sudga murojaat qilish imkoniyatini ko‘rib chiqilyaptimi, degan savol berildi.

«KXDR armiyasi Ukraina fuqarolariga qarshi harbiy harakatlarda ishtirok etganidan keyin qaror qabul qilamiz. Ammo agar Janubiy Koreya bizning yo‘limizni qo‘llab-quvvatlasa, menimcha, ittifoqchilarimiz bilan birgalikda tegishli choralarni ko‘rishga tayyormiz», dedi Zelenskiy.

Avvalroq Zelenskiy Rossiyadagi KXDR qo‘shinlariga dunyoning e’tiborsiz munosabati haqida ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi G‘arb ittifoqchilari hamon hodisaga «shubha bilan qaramoqda».

Zelenskiy, shuningdek, Ukraina asirga olingan KXDR askarlarini ukrainalik asirlarga almashtirishi mumkinligini aytdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina Kim Chen Inni hibsga olish orderi bo‘yicha XJSga murojaat qiladi