Foto: Reuters
Polshalik mutaxassislar DNK, 3D printer va loy yordamida taxminan 400 yil avval yashagan qiz ko‘rinishini qayta tikladi. Mahalliy aholi orasida Zosia deb nomlangan ushbu qiz qoldiqlari 2022 yilda Polshaning Nikolay Kopernik universiteti arxeologlari tomonidan aniqlangan. Bu haqda Sky News xabar berdi.
Qoldiqlar bo‘yin qismida o‘roq bilan mahkamlangan, oyog‘iga esa osma qulf osilgan holda aniqlangan. O‘sha davrda o‘roq va qulf, shuningdek, qabr yonidan topilgan ayrim yog‘och turlari vampirlardan himoya qiluvchi sehrli xususiyatlarga ega deb qaralgan.
Zosianing jasadlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, u vafot etgan paytda 18-20 yoshda bo‘lgan. Qiz hushdan ketish, kuchli bosh og‘rig‘i va ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkin bo‘lgan kasallikdan aziyat chekkan.
Foto: Reuters
Mutaxassislar rekonstruksiyani 3D printerda bosh suyagining nusxasini yaratishdan boshlagan, keyin esa realistik yuzni shakllantirish uchun plastilin qatlamlarini asta-sekin kengaytirgan. Yuz chuqurligini baholashda suyaklar tuzilishi jins, yosh, etnik kelib chiqish va taxminiy vazn ma’lumotlari bilan birga hisobga olingan.
Foto: Reuters
Zosianing hayoti haqida oz narsa ma’lum, ammo mutaxassislar, u boy, ehtimol, aslzoda oiladan bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi.
Foto: Reuters “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?