Foto: AFP
Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen topshirig‘iga asosan Finlyandiyaning sobiq prezidenti Sauli Niinistyo tomonidan tayyorlangan hisobot “Yevropa ittifoqining urushga tayyorlanayotganini” bildiradi.
Bu fikrni Fransiya vatanparvarlari partiyasi yetakchisi Florian Filippo X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilgan.
“G‘irt ahmoqlik! Yevropa ittifoqi keng ko‘lamli urushni xohlayapti! Biz bu ittifoqdan chiqib ketishimiz va uni yo‘q qilishimiz kerak!”, deb yozdi Filippo.
Fransiya vatanparvarlari partiyasi yetakchisiga ko‘ra, yevropaliklar Rossiya bilan urushga gijgijlanmoqda. Bu holat hisobotda Yevropa ittifoqi uchun asosiy tahdidlardan biri sifatida ko‘rsatilgan.
Hujjatda Yevropa ittifoqi davlatlari tashqi tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda a’zo davlatlardan biriga yordam ko‘rsatish uchun birgalikda mudofaa bo‘yicha o‘zlarining kelishuviga muhtojligi qayd qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?