Foto: “Report.az”
Efiopiya 156 yillik milliy tarix va madaniy yodgorligi — XIX asrda Britaniya mustamlakachi qo‘shinlari tomonidan o‘g‘irlab ketilgan imperator Tevodros II qalqonini qaytarishga erishdi.
1867—1868 yillardagi Angliya—Efiopiya urushi paytida inglizlar Mekdala qal’asini qo‘lga kiritgandan so‘ng qalqonni o‘lja sifatida olib ketishgan.
Efiopiya merosini himoya qilish idorasi bir yildan ortiq vaqtdan beri qalqonni qaytarish uchun kurash olib bordi. Qalqon Nyukasldagi Anderson & Garland auksionlari orqali sotuvga chiqarilgandi. Ammo imperatorning avlodi shahzoda Ermias Sahle Selassie Xayle Selassie aralashuvi tufayli auksion bekor qilindi.
Addis-Abebada osori-atiqani bir vaqtlar inglizlar bilan jang qilgan efiopiyaliklarning avlodlari, shu jumladan, Efiopiya qahramonlari — antik davr vatanparvarlari uyushmasi raisining o‘g‘li va Efiopiyani himoya qilish idorasi bosh direktori Daniel Jote Mesfin kutib oldi.
Ushbu voqea Efiopiyada tarixiy hisoblanadi, chunki qalqon Tevodros II merosining ramzi bo‘lgan milliy merosning muhim qismini ifodalaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?