22:59 / 02.11.2024
25

Qirg‘iziston kriptovalyutani qonuniylashtirmoqchi

Qirg‘iziston kriptovalyutani qonuniylashtirmoqchi
Foto: Unsplash
Qirg‘iziston iqtisodiyot va tijorat vazirligi mamlakatda kriptovalyutani qonuniylashtirish tashabbusini ilgari surdi. Vazirlik tegishli qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etdi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, «Virtual aktivlar to‘g‘risida»gi va «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlarga tegishlicha o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi, jumladan:

- kriptobank Qirg‘iz Respublikasi Milliy banki kriptobank litsenziyasi asosida faoliyat yuritadi;
- mamlakat qonunchiligiga «kriptobank», «kriptobank faoliyati» va «kriptobank amaliyotlari» kabi tushunchalar kiritiladi.

Ta’kidlanishicha, kriptobank joriy etilgach kriptovalyutalardagi tranzaksiyalar hajmi oshib, soliq tushumlari ko‘payadi. Shuningdek, moliyaviy texnologiyalar sohasida yangi ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda, bu esa moliyaviy innovatsiyalar markazlaridan biri sifatida mamlakatning mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston kriptovalyutani qonuniylashtirmoqchi