19:44 / 03.11.2024
71

Eronda talaba qiz hijobga qarshi norozilik bildirish maqsadida ko‘chada yechindi

Eronda talaba qiz hijobga qarshi norozilik bildirish maqsadida ko‘chada yechindi
Foto: Videodan kadr
Tehrondagi Azod islom universiteti talabasi hijobni noto‘g‘ri o‘ragani uchun ta’qib qilinganidan so‘ng, kiyimlarini yechib, universitet hududida yurdi. Bu haqda Iran International xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda universitetning ilmiy-tadqiqot bo‘limi hovlisida ichki kiyimdagi qizning yurgani aks etgan video tarqaldi. Boshqa bir videoda bir necha erkak uni avtomobilga majburlab o‘tqazib, olib ketayotgani ko‘rsatilgan. Universitet vakili Amir Mahjubga ko‘ra, talaba qiz hibsga olingan va uning bunday xatti-harakatlari sababi aniqlanmoqda.

Amir Kabir Newslatter talabalar nashriga ko‘ra, qiz “Basij” harbiylashtirilgan tuzilma a’zolari tomonidan hijobni noto‘g‘ri o‘ragani uchun ta’qib qilingan, ular qizning ro‘moli va kiyimlarini tortgan. Shundan so‘ng qiz norozilik tariqasida ustki kiyimlarini yechgan

"Qizni hibsga olish paytida kaltaklashgan, jumladan, boshini mashina eshigiga urishgan. Mashinaning shinalarida qon izlari ko‘ringan", deyiladi xabarda.

Eronda ayollar sochlarini ro‘mol ostiga yashirib, erkin kiyim kiyishlari shart. Aprel oyidan boshlab Eron ko‘chalarida hijobni to‘g‘ri kiyishini nazorat qiluvchi “Basij” xodimlari soni sezilarli darajada oshgan. Universitetlar esa tashqi ko‘rinishi qoidalarga mos kelmaydigan talaba qizlarni darsga kiritmaslik uchun yuzni tanish texnologiyasidan foydalanmoqda.

Shunga qaramay, Tehrondagi ko‘plab ayollar norozilik belgisi sifatida boshlarini ochiq qoldirmoqda. Hozirda Eron parlamentida hijob kiyish qoidalarini kuchaytiruvchi qonun ko‘rib chiqilmoqda.

Bir martalik qoidabuzarlik uchun taxminan 50 dollar jarima, takroran buzilgan taqdirda esa jarima miqdori 400 dollargacha oshadi. Eronda o‘rtacha ish haqi 200–250 AQSH dollarini tashkil etadi.

Eronning yangi prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon majburiy hijobni qo‘llab-quvvatlamaydi, ammo bu masalada — Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy kabi vakolatlarga ega emas.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eronda talaba qiz hijobga qarshi norozilik bildirish maqsadida ko‘chada yechindi