Foto: Sauthempton universiteti
Sauthempton universiteti mutaxassislari optik tolalardan iborat “asab tizimi” bilan jihozlangan dronni ishlab chiqdi. Innovatsion g‘oya dronga texnik xizmat ko‘rsatish chastotasini sezilarli darajada kamaytirish va uni osmonda uzoqroq ushlab turishga imkon beradi. Bu esa vaqt va resurslarni tejaydi.
Optoelektronika tadqiqot markazi yetakchi olimlari Kris Holms va Martinas Beresnaning tushuntirishicha, yangi tizim dronlarning “asab tizimi” qismini to‘liq egallaydi.
U real vaqt rejimida qurilmaning holati haqida barcha zarur ma’lumotlarni yuboradi, shu bilan birga elektr energiyasidan foydalanmaydi. O‘z navbatida, bu elektron tizimlarda paydo bo‘ladigan radiochastotalar bilan bog‘liq muammolardan xalos qiladi.
“Optik spektrlar tizimi asab tizimi signallari ta’sirida o‘ziga xos tasvirlar hosil qiladi, hissiy javoblarni vizual obrazlarga samarali o‘girib beradi. Shunday qilib, u uchuvchisiz uchar apparatga tushayotgan yuklamani kuzatib boradi va yerdagi boshqaruvchilarga texnikani tez-tez qo‘ndirmasdan turib, muammolarni dastlabki bosqichda aniqlashga yordam beradi”, — dedi Kris Xolms.
Dastlabki sinov natijalari texnologiya ko‘plab sohalarda dronlardan foydalanishni sezilarli darajada o‘zgartirishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Sautgempton universiteti jamoasi ushbu ishlanmaning yanada ishonchliroq va iqtisodiy jihatdan samaradorroq bo‘lishiga umid qilmoqda.
Ayni vaqtda, PwC kompaniyasi statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2030 yilga kelib iqtisodiyotning turli sohalarida dronlar sanoatining aylanmasi 45 milliard funt sterlingga yetishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?