Foto: Flash90
Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant 6 noyabr kuni iste’foga chiqishi ortidan Quddus va Tel Avivda minglab odamlar namoyishga chiqdi. Ular bosh vazir Binyamin Netanyaxuga qarshi chiqib, G‘azoda HAMAS tomonidan garovga olingan isroilliklarni qaytarishni talab qildi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Tel Avivda politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun yoqimsiz hidli kuchli suv oqimlaridan foydalangan. Muxolifat yetakchilaridan biri Yair Lapid fuqarolarni ko‘chaga chiqishga chaqirgan. U urush avjiga chiqqan paytda Galantning iste’fosini “telbalik” deb atagan.
Yoav Galant munosabati
Iste’fodagi mudofaa vaziri Isroil hukumatini garovdagilarni vataniga sog‘-omon qaytarishga chaqirdi.
"HAMAS tomonidan o‘g‘irlab ketilgan o‘g‘il-qizlarimizni qaytarish bizning ma’naviy va axloqiy burchimizdir. Buni iloji boricha tezroq, ular tirikligida qilishimiz kerak", dedi u.
Foto: The Times of Israel
Galant garovga olinganlarni qaytarish mumkinligi, ammo bu “og‘riqli murosalarni” talab etishini aytdi.
"Isroil davlati bu kelishuvlarga qanday bardosh bera olishini, Isroil armiyasi esa buning uchun xavfsizlikni qanday ta’minlay olishni biladi", dedi Galant.
Isroil prezidenti bayonoti
Getty Images
Prezident Isxak Gersog urush davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan siyosiy tartibsizliklardan ogohlantirdi.
"Isroilga kerakli so‘nggi narsa — urush ketayotgan paytda to‘ntarish va burilish", dedi siyosatchi.
U mamlakat xavfsizligi “har qanday o‘y-fikrdan ustun” bo‘lishi kerakligini aytdi.
"Mamlakat rahbariyatining vazifasi hozirgi davrda katta mas’uliyat bilan harakat qilish", deya ta’kidladi u.
AQSHning anonim mulozimi Vashingtonda Galantning iste’fosi va bunday qarorga nima sabab bo‘lgani borasida “savollar mavjudligini” ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?