Foto: Reuters
Yevropa ittifoqi Donald Trampning AQSHning muhim shtatlarida erishgan g‘alabasidan hayratda qoldi. Bu haqda Financial Times nomini oshkor etmagan yevropalik diplomatlarga tayanib xabar berdi.
5 noyabr kuni yevropalik diplomatlar Trampning asosiy shtatlardagi g‘alabasi ko‘lamidan hayratda ekanliklarini aytib, xalq ovozlari va Saylovchilar kollegiyasidagi g‘alabalari bilan u “America first” kun tartibida yanada jasoratli bo‘lishi mumkinligini aytishdi, deyiladi xabarda.
Yevropa Ittifoqining yuqori martabali amaldorlaridan biri “cho‘chigani”ni ma’lum qilgan.
Nashrning yana bir suhbatdoshi Trampning g‘alabasi Yevropa Ittifoqi va AQSH o‘rtasidagi savdo sohasidagi munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida fikr bildirgan.
“Ukraina esa katta muammoda”, deya qo‘shimcha qilgan u.
Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Tramp Floridadagi tarafdorlari qarshisida nutq so‘zlar ekan, saylovda g‘alaba qozonganini e’lon qildi.
“Men Amerika xalqiga minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Sizlar tomondan qirq yettinchi va qirq beshinchi prezident etib saylanganim favqulodda sharafdir”, dedi u.
Siyosatchi prognoziga ko‘ra, u jami 315 dan ortiq ovozni qo‘lga kiritgan. G‘alaba qozonish uchun esa 270 ta ovoz zarur. Tramp saylovchilarga uning boshqaruvi AQSH tarixida “oltin davr” bo‘lishini va’da qilmoqda.
“To‘rt yil davomida biz ISHIDga qarshi g‘alabamizdan tashqari hech qanday urushni ko‘rmadik. Biz ISHIDni rekord muddatda tor-mor etdik, ammo boshqa hech qanday urush olib bormadik. Men urush boshlamoqchi emasman, aksincha, ularni to‘xtatmoqchiman”, dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?