Foto: EFE
Ispaniya huquq-tartibot organlari og‘irligi 13 tonnaga teng kokainni to‘xtatib qoldi — bu mamlakat tarixida musodara qilingan eng katta partiyadir, deb xabar beradi El Mundo.
«Alxesiras portida ichida 13 tonna 62 kilogramm kokain ortilgan konteyner aniqlandi. Bu hozirga qadar Ispaniya hududida qo‘lga kiritilgan rekord darajadagi giyohvandlik vositasi», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanicha, bu Yevropa hududida aniqlangan eng yirik ikkinchi partiyadir. Giyohvandlik vositalari Ekvadordan kelgan, bananlar ortilgan konteyner ichiga yashirilgan. Yuk Alikante provinsiyasidagi kompaniyaga yetkazilishi kerak bo‘lgan. Ushbu kompaniya bir necha yil davomida Janubiy Amerika mamlakatidan katta miqdorda mevalarni qabul qilib kelgan, ammo keyinroq o‘z faoliyati to‘xtatgan.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, tintuv vaqtida bir nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan, import bilan shug‘ullangan kompaniyaning ikki menejeri esa qidiruvga berilgan.
Avvalroq Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal yerida – Myonxengladbax, Duysburg va Krefeld shaharlarida, shuningdek, Firzen, Xaynsberg va Noys okruglarida joylashgan oziq-ovqat diskaunterining o‘n bir shoxobchasida banan qutilaridan paketlarda jami 95 kilogramm kokain topilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Daniyalik siyosatchi musulmonlarni haqorat qilgani uchun qamoqqa hukm qilindi
Elit Chempionlar Ligasi. “Paxtakor” Qatar jamoasiga mag‘lub bo‘ldi
Erdo‘g‘on turkiy alifboga o‘tishga tayyor davlatlarni aytdi
Rossiya tomoni Donald Trampning g‘alabasiga izoh berdi
Tramp saylovda yutganini e’lon qildi: “Urushlarni to‘xtatmoqchiman”
Metabolizmni sekinlashtiradigan odatlar
Xitoydagi ta’lim tizimi yoshlar orasida ruhiy tushkunlikka sabab bo‘lmoqda
Rossiya qo‘shinlari Ukraina jangarilariga qarshi yangi taktika qo‘llamoqda