Foto: Reuters
Milliarder Ilon Mask Amerika qonunchiligi bilan cheklangan o‘z kompaniyalariga imtiyozlar olish uchun Trampni qo‘llab-quvvatladi, deya xabar bermoqda Reuters kompaniyalardagi manbalarga tayanib.
Tadbirkor respublikachilarning g‘alabasi natijasida qo‘lga kiritilgan ta’sirdan o‘z kompaniyalarini qonunchilik cheklovlaridan himoya qilish va ko‘proq davlat yordamiga erishish uchun foydalanishga umid qilmoqda, deb yozadi Reuters.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Mask saylov oldidan Donald Trampni qo‘llab-quvvatlash uchun kamida 119 million dollar sarflagan. Bundan tashqari, agentlik yozganidek, tadbirkor Trampni saylovoldi kampaniyasini tinmasdan maqtashda davom etgan.
Ilon Maskning kompaniyalari - elektromobil ishlab chiqaruvchi Tesladan tortib raketa ishlab chiqaruvchi SpaceX va implant chiplari Neuralinkgacha - ko‘p jihatdan hukumat nazorati, subsidiyalar va qonunlarga bog‘liq, deya ta’kidlaydi Reuters.
Xususan, AQSHda Tesla tomonidan ishlab chiqilayotgan avtonom elektromobillar bo‘yicha amaldagi qonunchilik yo‘q, ya’ni tadbirkor har bir shtatda cheklovlarga duch keladi. Xuddi shu narsa Neuralink kompaniyasining ishlanmalariga ham tegishli - miyaga implantatsiya qilinadigan chiplar, ulardan foydalanish hali qonun bilan tartibga solinmagan. SpaceX, o‘z navbatida, hukumat tomonidan moliyalashtiriladi.
"U Tramp ma’muriyatini imkon qadar ko‘proq cheklovlardan xalos bo‘lish vositasi sifatida ko‘radi", dedi anonimlik sharti bilan gapirgan manbalardan biri.
AQSHda saylovlar 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Donald Tramp 295 ta ovoz olishga muvaffaq bo‘lgan. Uning demokrat raqibi Kamala Xarris esa 226 ta ovoz olgan.
Saylovda g‘alaba qozonish uchun 270 ta ovoz ovoz olish kerakligi ma’lum qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Kimyoviy vositalar bilan daraxtlarga shikast yetkazganlik uchun javobgarlik belgilandi
Peskov maxsus harbiy operatsiya qachon tugashini aytdi
JCH-2026 saralashi. Indoneziya Saudiya Arabistonini sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchratdi