22:12 / 07.11.2024
108

Guardian: Ukraina Trampning g‘alabasidan keyin umidsizlikka tushib qoldi

Guardian: Ukraina Trampning g‘alabasidan keyin umidsizlikka tushib qoldi
Foto: Getty Images
Donald Trampning ikkinchi muddatga AQSH prezidenti bo‘lishi “Ukraina uchun, ayniqsa, Rossiya bilan jang maydonida og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin”, deb yozadi The Guardian nashri.

Tramp g‘alabaga erishgach, harbiy yordamni to‘xtatib qo‘yishi mumkinligi haqidagi taxminlar fonida Ukraina umidsizlik va noaniqlikka tushib qoldi”, deyiladi xabarda.

Birlashgan qirollik mudofaa tadqiqotlari instituti (RUSI) harbiy fanlar bo‘yicha direktori Mettyu Sevilga ko‘ra, Rossiya endi jang maydonida “o‘zining son ustunligidan foydalanishi” mumkin.

Guardian'ning qayd etishicha, AQSH harbiy yordamisiz Ukraina Donbassda yanada ko‘proq pozitsiyalarini yo‘qotishi mumkin.

Avvalroq Financial Times nashri Yevropa ittifoqi Donald Trampning g‘alabasidan hayratda qolganini xabar qilgandi.

Nashr suhbatdoshlaridan biri Trampning g‘alabasi Yevropa ittifoqi va AQSH o‘rtasidagi savdo sohasidagi munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida fikr bildirgan.

Ukraina esa katta muammoda”, deya qo‘shimcha qilgan edi u.

Tramp saylovchilarga uning boshqaruvi AQSH tarixida “oltin davr” bo‘lishini va’da qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Guardian: Ukraina Trampning g‘alabasidan keyin umidsizlikka tushib qoldi