Foto: Reuters
Prezidentlik saylovida g‘alaba qozongan Donald Trampning ittifoqchilari saylovoldi kampaniyasidagi va’dalaridan biri – AQSHdan noqonuniy migrantlarni ommaviy ravishda chiqarib yuborishni amalga oshirmoqchi. Bu haqda CNN manbalariga tayanib xabar berdi.
Muhokamalardan xabardor to‘rt manbaning aytishicha, Donald Trampning ittifoqchilari va ayrim xususiy sektor vakillari noqonuniy migrantlarni ommaviy ravishda hibsga olish va deportatsiya qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
O‘z navbatida, Trampning katta yordamchisi Jeyson Miller so‘zlariga ko‘ra, yangi saylangan prezident birinchi navbatda chegara xavfsizligi siyosatini jonlantirishga e’tibor qaratadi va Jo Bayden davrida Oq uy tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlarni bekor qiladi.
Xususan, CNN manbalaridan biri Tramp ma’muriyati jinoyat sodir etgan noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilmoqchi ekanini aytdi. Biroq Qo‘shma Shtatlarga bolaligida kelib qolgan migrantlarni deportatsiya qilish yoki qilmaslik borasida yakdil fikr yo‘q.
Trampning yana bir maslahatchisi Brayan Xyuz so‘zlariga ko‘ra, yangi saylangan prezident Oq uyga qaytganida chegara xavfsizligi asosiy siyosatidan biri bo‘ladi.
«Tramp saylovda g‘alaba qozondi, chunki amerikaliklar uning chegaralarni qo‘riqlash va noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qilish bo‘yicha sog‘lom siyosatiga qo‘shildi», deb tushuntirdi Xyuz.
CNN suhbatdoshlaridan birining qo‘shimcha qilishicha, prezidentlik saylovidan oldin ham xususiy sektorda migrantlarning ehtimoliy ommaviy chiqarib yuborilishini qanday ta’minlash mumkinligi haqida suhbatlar bo‘lgan. Telekanalning tushuntirishicha, respublikachilar ham, demokratlar ham bunday chora-tadbirlarni amalga oshirishda resurslar yetishmasligiga duch kelgan.
Bir kun avval CNN shuningdek, noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilish bo‘yicha operatsiyalar uchun mas’ul bo‘lgan AQSH Ichki xavfsizlik departamenti Tramp mamlakat prezidenti lavozimiga kirishgandan so‘ng immigratsiya siyosatida katta o‘zgarishlar kutayotgani haqida xabar berdi. Ayrim xodimlar Trampning saylanishini ishtiyoq bilan kutib olishdi: so‘nggi uch yil davomida Oq uy chegarada muntazam ravishda migrantlar inqiroziga duch keldi va bu ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘ldi.
Tramp Bayden va uning ma’muriyati immigratsiya siyosatini ko‘p marotaba tanqid qilgan. Saylov oldidan u Amerika fuqarolarini o‘ldirgan noqonuniy migrantlar uchun o‘lim jazosini qo‘llash tarafdori ekanini eslatib, AQSHga noqonuniy yo‘llar bilan kirib kelayotgan odamlarga nisbatan siyosatni kuchaytirishga va’da bergan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina zarbasi oqibatida KXDR armiyasi generali yaralandi
Ilon Mask: Yevropa o‘lmoqda!
Mayk Tayson yangi rekord bilan boks tarixiga kirdi