Foto: AP
AQSH prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Donald Tramp saylovoldi kampaniyasidagi ommaviy deportatsiya haqidagi va’dasini bajarishdan boshqa chorasi yo‘qligini ma’lum qildi. “Bizda aslida tanlov yo‘q”, dedi Tramp NBC telekanaliga bergan intervyusida.
Tramp uchun immigratsiya siyosatini kuchaytirish saylov kampaniyasining asosiy nuqtalaridan biriga aylandi. U Jo Bayden ma’muriyatining “o‘ta yumshoq” siyosati Qo‘shma Shtatlarning uchinchi dunyo davlatiga aylanishiga olib kelganini bir necha bor ta’kidlagan. Tramp o‘z chiqishlarida migrantlarga nisbatan qattiqroq choralar ko‘rish va mavjud migratsiya dasturlarini qayta ko‘rib chiqish zarurligini aytgan.
Avvalroq Axios portali Tramp agar saylansa, hukumatning barcha darajadagi huquq-tartibot idoralari xodimlari yordamida millionlab noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilmoqchi ekanligini xabar qilgan edi.
2016 yilgi saylovlarda AQSH prezidenti lavozimini egallagan Donald Tramp 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi. U 19-asrdan beri to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng Oq uyga qaytgan birinchi AQSH siyosatchisi bo‘ldi.
Demokratik nomzod Kamala Harris tarafdorlari bilan suhbatlashib, mag‘lubiyatini tan olishini e’lon qildi. AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden esa Tramp bilan gaplashib, uni tabrikladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Italiyaning Sardiniya orolida uylar 1 yevrodan sotilmoqda, lekin...