14:44 / 09.11.2024
24

Ilon Mask: “Ukrainadagi qon to‘kishlar tez orada to‘xtaydi”

Ilon Mask: “Ukrainadagi qon to‘kishlar tez orada to‘xtaydi”
Foto: AFP
Sayyoramizning eng boy odamlaridan biri Ilon Mask OAVda Donald Trampning Rossiya—Ukraina mojarosi bo‘yicha rejalari haqidagi ma’lumotga izoh berdi. Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, “behuda qon to‘kishlar” tez orada to‘xtaydi.

Tez orada behuda qon to‘kishlar to‘xtaydi. Urush qo‘zg‘ovchilar va manfaatparastlarning kuni bitdi”, deb yozdi Mask X ijtimoiy tarmog‘ida.

WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainadagi mojaroga barham berish variantlaridan biri sifatida Trampning jamoasi qurolsizlantirilgan hudud yaratilishini va Ukrainaning kamida 20 yil davomida NATOga qo‘shilmaslik majburiyatini ko‘radi.

Axios manbalarining xabar berishicha, Ilon Mask Donald Tramp va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi telefon suhbatida ishtirok etgan.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Trampning Ukrainadagi urush haqidagi bayonotlari e’tiborga loyiq ekanini aytgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Mask: “Ukrainadagi qon to‘kishlar tez orada to‘xtaydi”