
Foto: Reuters
AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Falastin milliy ma’muriyati rahbari Mahmud Abbos bilan telefon orqali muloqotda G‘azo sektoridagi urushni tugatish masalasini ko‘rib chiqishga va’da berdi. Bu haqda Axios portali xabar qilmoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, suhbatdan so‘ng Abbos bayonot bergan, unga ko‘ra Falastin rahbari Trampni saylangani bilan tabriklagan, unga davlat rahbari sifatida muvaffaqiyatlar tilagan va “u bilan adolatli va keng qamrovli tinchlikka erishish yo‘lida hamkorlik qilishga tayyorligini tasdiqlagan”.
Falastin rahbari o‘z bayonotida “Tramp urushni to‘xtatishga sodiqligini ta’kidlab, mintaqada tinchlikka erishish yo‘lida u hamda boshqa mintaqaviy manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini yana bir bor qayd etdi”, deya ma’lum qildi.
Axios'ga ko‘ra, “bu suhbat juda muhim, chunki Abbos Tramp bilan u prezidentligi davrida Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olishga va AQSH elchixonasini u yerga ko‘chirishga qaror qilganidan beri muloqotda bo‘lmagan”.
“Bu qo‘ng‘iroq Falastin rahbariyati va Tramp oradan to‘rt yil o‘tib, muzokaralarni qaytadan boshlashni xohlayotganining belgisidir”, deya ta’kidladi portal. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar