Foto: AP
AQSHning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp o‘zining g‘alaba nutqida mamlakatdagi yahudiy jamiyati vakillarini tilga olmadi, deb yozadi Amerika OAV.
Shu bilan birga, Isroilga xayrixoh pozitsiyasi bilan tanilgan siyosatchi nutqi davomida turli etnik guruhlar, jumladan, osiyoliklar, lotin amerikaliklar va arab-musulmonlardan ham ovoz olganini alohida ta’kidladi.
«Ushbu kampaniya ko‘p jihatdan tarixiy bo‘ldi. Bizda Amerika tarixida ko‘rilmagan eng katta, eng keng va birlashgan koalitsiya mavjud. Hech qachon bunday bo‘lmagan: yosh-u qari, erkak va ayollar, qishloq va shaharlar — bularning barchasi bu kechada bizga yordam berishdi. Bu ajoyib jamoa. Afroamerikaliklar, lotin amerikaliklar, osiyoliklar, arablar, musulmonlar — ularning barchasi bizni qo‘llab-quvvatladi va bu ajoyib edi. Bu jamiyatning barcha qatlamlari fuqarolarini umumiy yadro – sog‘lom fikr atrofida birlashtirgan tarixiy o‘zgarish bo‘ldi», — deya Tramp so‘zlari keltirilgan.
5 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan AQSH prezidentlik saylovlarida Donald Tramp davlat rahbari etib saylanish uchun zarur bo‘lgan 270 ta saylovchilar kollegiyasi ovozini to‘plash chegarasidan o‘tdi.
AQSHning 47-prezidenti inauguratsiyasi 2025 yilning 20 yanvarida bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina ilk bor AQSH raketasi bilan Rossiyaga zarba berdi
Borrel: AQSH Rossiyaga 300 kilometrgacha ichkariga zarba berishga ruxsat berdi