Foto: Reuters
Kursk viloyatidan Davlat dumasi deputati Yekaterina Xarchenko ilgari uy-joy bilan ta’minlashda yordam so‘ragan viloyatning evakuatsiya qilingan aholisi uchun yangi yil fotosessiyasini tashkil qilishni taklif etdi.
“Kelinglar, Sudjanskiy, Korenevskiy, Rilskiy, Glushkovskiy va boshqa tumanlardagi uy-joylaridan ayrilgan vatandoshlarimizning oilalariga birgalikda Yangi yil mo‘jizasini sovg‘a qilaylik. Axir u yerda, eski fotoalbomlarda, ularning qalbini isitadigan xotiralari bor edi”, deya Xarchenko fotograflar va fotostudiya egalariga murojaat qildi.
Deputat rejasiga ko‘ra, fotokitoblar uy-joysiz qolgan fuqarolar uchun “Yangi yil mo‘jizasi”ga aylanishi kerak.
“Biz uylaridan, oilaviy fotoalbomlaridan, o‘z oilasining o‘tmishini eslatuvchi barcha narsalaridan ayrilgan Kursk aholisi uchun yangi tarix yaratamiz”, deya ta’kidladi Xarchenko.
Rossiyadagi Inson huquqlari bo‘yicha komissar Tatyana Moskalkovaning bayonotiga ko‘ra, Ukrainaning Kursk viloyatiga hujumi tufayli 112 mingdan ortiq odam o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan. Sentyabr oyi boshida viloyat rahbari Aleksey Smirnov barcha evakuatsiya qilinganlarni yangi uy-joy sotib olish uchun sertifikatlar bilan ta’minlashga va’da bergandi.
Biroq noyabr oyida o‘nlab evakuatsiya qilinganlar hali ham sertifikatlar berilmaganidan shikoyat qilgan.
Sheptuxovskiy qishloq kengashining “Vkontakte” sahifasida Kursk aholisining Vladimir Putinga uy-joy bilan ta’minlashda yordam so‘rab qilgan 20 dan ortiq murojaatlari e’lon qilindi.
Joriy yilning 6 avgust kuni Ukraina armiyasi Kursk viloyatiga hujum uyushtirgan edi. Bosh qo‘mondon Aleksandr Sirskiyning so‘zlariga ko‘ra, janglarning birinchi haftasida ular 100 ga yaqin aholi punktini egallab, 1300 kvadrat metr maydonni o‘z nazoratiga olgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
Prezident yangi saylangan senatorlarning faol bo‘lishiga ishonch bildirdi