Foto: Videodan kadr
Tehrondagi Azod islom universiteti talabasi hijobni noto‘g‘ri o‘ragani uchun ta’qibga uchragach, kiyimlarini yechib, universitet hududida yurgandi. Shundan so‘ng politsiya xodimlari uni olib ketgandi. Eron ilm-fan vaziri qizning taqdiri haqida ma’lumot berdi.
Eronlik talaba Axu Daryaiy ruhiy kasalliklar shifoxonasiga majburiy davolanishga yuborilgan. Eron ilm-fan vaziri Husayn Simaiy Sarrafning so‘zlariga ko‘ra, Daryaiy hozirda oilasi ko‘magida davolanmoqda. Mustaqil manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ilgari talabaning ruhiyatida hech qanday muammo kuzatilmagan. Shunga qaramay, qiz kuchli ta’sir qiluvchi dorilar bilan davolanayotgani aytilmoqda.
Ayblov Islom Respublikasining ayol namoyishchilariga, ayniqsa, majburiy hijob qonunlariga qarshi chiquvchilarga nisbatan uzoq yillik taktikasini aks ettiradi, deb yozmoqda IranWire nashri.
Nashrning yozishicha, so‘nggi yillarda bir qator siyosiy va mafkuraviy mahbuslar ruhiy kasalxonalarga majburan yotqizilgan. Ularga harakat yoki nutqni izdan chiqaruvchi dori-darmonlar berilgan va ayrimlariga elektrokonvulsiv davolash usuli (elektroshok terapiya ham deyiladi) qo‘llangan.
Talaba qizning qo‘lga olinishi
Noyabr oyi boshida Tehronda hijobni noto‘g‘ri o‘ragani ortidan ta’qibga uchragach, ko‘chada yechinib yurgan talaba qiz qo‘lga olindi.
Ijtimoiy tarmoqlarda universitetning ilmiy-tadqiqot bo‘limi hovlisida ichki kiyimdagi qiz yurgani aks etgan video tarqaldi. Boshqa bir videoda bir necha erkak uni avtomobilga majburlab o‘tqazib, olib ketayotgani ko‘rsatilgan.
Qizni hibsga olish paytida kaltaklashgan, jumladan, boshini mashina eshigiga urishgan. Mashinaning shinalarida qon izlari ko‘ringan, deb yozgan Amir Kabir Newsletter talabalar nashri.
Eronda ayollar sochlarini ro‘mol ostiga yashirib, keng kiyim kiyishlari shart. Aprel oyidan boshlab Eron ko‘chalarida hijobni to‘g‘ri kiyishni nazorat qiluvchi “Basij” xodimlari soni sezilarli darajada oshgan. Universitetlar esa tashqi ko‘rinishi qoidalarga mos kelmaydigan talaba qizlarni darsga kiritmaslik uchun yuzni tanish texnologiyasidan foydalanmoqda.
Shunga qaramay, Tehrondagi ko‘plab ayollar norozilik belgisi sifatida boshlarini ochiq qoldirmoqda. Hozirda Eron parlamentida hijob kiyish qoidalarini kuchaytiruvchi qonun ko‘rib chiqilmoqda.
Bir martalik qoidabuzarlik uchun taxminan 50 dollar jarima, takroran buzilgan taqdirda esa jarima miqdori 400 dollargacha oshadi. Eronda o‘rtacha ish haqi 200–250 AQSH dollarini tashkil etadi.
Eronning yangi prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon majburiy hijobni qo‘llab-quvvatlamaydi, ammo bu masalada — Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy kabi vakolatlarga ega emas. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina ilk bor AQSH raketasi bilan Rossiyaga zarba berdi
Borrel: AQSH Rossiyaga 300 kilometrgacha ichkariga zarba berishga ruxsat berdi