Foto: Reuters
Bitkoin narxi tarixiy maksimumni yangilab, birinchi marta 80 ming dollardan oshdi. Ma’lumotlar Binance birjasida e’lon qilindi.
10 noyabr kuni soat 17:25 holatiga ko‘ra, bitkoin 80 041 dollar darajasida sotilgan. 15 daqiqadan so‘ng uning narxi 79,4 ming dollarni tashkil etgan. Bitkoin kursi Amerika saylovlari kuni yaqinlashgani sari o‘sib bordi. 6 noyabr kuni esa tarixiy maksimumni o‘rnatib, 75 ming dollardan oshdi.
Bunga Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp saylovoldi nutqida kriptobiznesni qo‘llab-quvvatlagani ta’sir ko‘rsatdi. U AQSHni dunyoning kriptopoytaxtiga aylantirishga va’da berdi.
Bitkoin ham Trampning reklama kampaniyasining bir qismiga aylandi. Sentyabr oyida siyosatchi Nyu Yorkdagi barda tarafdorlariga bitkoinda burgerlar sotib oldi.
Saylov natijalariga ko‘ra, Tramp barcha yetti beqaror shtatda raqibi Kamala Harrisdan o‘zib, g‘alaba qozondi. Respublikachi 312 ta, demokrat esa 226 ta ovoz oldi. Saylovda g‘olib bo‘lish uchun nomzod 270 ta ovoz olishi lozim. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
AQSH Adliya vazirligi Google'dan Chrome'ni sotishni talab qiladi
Tramp g‘alabasidan keyin Qo‘shma Shtatlarni butunlay tark etishni rejalashtirayotgan Gollivud yulduzlari
“Diabet — hayot tarzi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi