11:08 / 11.11.2024
152

Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi

Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Foto: Lucas Jackson / Reuters
AQSH saylangan prezidentining to‘ng‘ich o‘g‘li kichik Donald Tramp Kiyevga Rossiyaga qarshi harbiy yordam ko‘rsatish doirasida ajratiladigan mablag‘ni qisqartirish haqida gapirdi. U Instagram'da video joylashtirdi va unda shunday deb yozdi: «POV (inglizchada Point of view, Tasavvur qil): 38 kundan keyin sen o‘z nafaqangdan mahrum bo‘lasan».

Video Respublikachilar partiyasidan vitse-prezidentlikka sobiq nomzod Sara Peylin tomonidan joylashtirilgan videoga asoslangan. Yozuvda Donald Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning yonida turgani aks etgan. Kamera Zelenskiyning ma’yus yuzini yaqinlashtiradi, kadr oq-qora rangga aylanadi, yuqoridan dollar kupyuralari tusha boshlaydi, keyin esa kichik Trampning yozuvi paydo bo‘ladi.

38 kundan so‘ng, 17 dekabrda o‘z shtatlaridagi saylovchilar kollegiyasi AQSH prezidenti va vitse-prezidenti saylanganini tasdiqlaydi.

Respublikachilar partiyasidan saylovlar bo‘yicha yuqori darajali strateg Brayan Lanza 9 noyabr kuni Trampning Ukraina bo‘yicha ustuvor vazifasi Rossiya tomonidan qo‘shib olingan Ukraina hududlari Qrim va Donbassning bir qismini qaytarib olishga yordam berishdan ko‘ra, tinchlik bo‘lishini aytdi. Keyinchalik, Reuters xabariga ko‘ra, saylangan prezident jamoasi bu so‘zlardan uzoqlashgan.

Tramp yanvar oyida AQSH prezidentligiga qaytadi

Avvalroq, Amerika yetakchisi Jo Bayden 13 noyabr kuni Oq uyda Tramp bilan ishlarni o‘tkazish masalasini muhokama qilishi ma’lum bo‘lgan edi.

Ovozlarni sanab chiqishning dastlabki natijalariga ko‘ra, 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan AQSH prezidentligi saylovida respublikachilar partiyasidan nomzod Tramp g‘alaba qozongan. Respublikachi 312 saylovchilar kollegiyasi ovozini qo‘lga kiritdi, demokrat vitse-prezident Kamala Harris esa 226 ovozga ishonishi mumkin edi. G‘alaba qozonish uchun o‘z shtatlarida saylovchilarni ifodalovchi 270 saylovchilar kollegiyasi ovozini olish kerak edi.

Kamala Harris eng yuqori davlat lavozimi uchun kurashda uchragan mag‘lubiyatini omma oldida tan oldi. AQSHning yangi prezidentining inauguratsiyasi 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Bayden hokimiyat o‘z vorisiga tinch yo‘l bilan o‘tishini ta’minlashga va’da berdi. «Prezident sifatidagi vazifamni bajaraman. Qasamyodimni bajaraman va Konstitutsiyani himoya qilaman. 20 yanvar kuni bu yerda Amerikada hokimiyat tinch yo‘l bilan o‘tkaziladi», dedi Bayden 7 noyabr kuni qilgan murojaatida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi