
Foto: Reuters
Rossiya Tashqi razvedka xizmati AQSH 2025 yilda Ukrainada prezidentlik va parlament saylovlarini o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini da’vo qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
Razvedkaga ko‘ra, bu orqali Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni almashtirish maqsad qilingan.
"Rossiya bilan harbiy harakatlar davom etayotgan sharoitda kelgusi yilda prezidentlik va parlament saylovlarini o‘tkazish Vashingtonda Vladimir Zelenskiyni chetlatishning qonuniy usullaridan biri sifatida ko‘rib chiqilmoqda", deydi Rossiya razvedkasi.
Ular Ukrainada o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan saylovlarda nomzodlar AQSH Davlat departamenti bilan kelishilgan holda amalga oshishini da’vo qildi. Shuningdek, AQSH manfaatlarini qo‘llab-quvvatlaydigan yangi partiya tuzilishini ilgari surdi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning vakolatlari 2024 yil may oyida tugashi kerak edi. Ammo, hozirda Ukrainadagi urush tufayli yangi davlat rahbarini saylash imkonsiz. Ukraina MSK konstitutsiyasiga muvofiq, yangi davlat rahbari lavozimiga kirishgunga qadar prezident o‘z vakolatlarini bajarishini tushuntirgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Zelenskiyni qonuniy prezident sifatida tan oladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar