22:10 / 11.11.2024
22

Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoni valiahdi bilan uchrashuvida nimalar muhokama qilindi?

Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoni valiahdi bilan uchrashuvida nimalar muhokama qilindi?
Foto: Prezident matbuot xizmati
Navbatdan tashqari arab-islom sammiti doirasida prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni podshohligi valiahdi, bosh vaziri Muhammad bin Salmon al-Saud bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston—Saudiya ko‘p qirrali munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Suhbat avvalida davlat rahbari Ar-Riyoddagi favqulodda sammit o‘z vaqtida tashkil etilgani va dolzarb ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Turli darajalardagi faol muloqot va almashinuvlar davom etayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo va investitsiyalar hajmi, qo‘shma korxonalar soni oshib bormoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
“Yashil” energetika, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, kommunikatsiyalar sohasida, qishloq xo‘jaligi, sanoatda yangi qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi.

Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarga, shu jumladan, 2025 yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo — Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” muloqotining ikkinchi sammitiga tayyorgarlik ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida prezident o‘zbekistonliklarga haj va umra ziyoratlarini ado etishida yaratilgan sharoitlar uchun Saudiya Arabistoni rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Mintaqaviy masalalar, jumladan, Yaqin Sharqdagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish yuzasidan ham fikr almashildi.

Shu bilan Ar-Riyodga amaliy tashrif doirasidagi tadbirlar yakunlandi, davlat rahbari Bokuga jo‘nab ketdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoni valiahdi bilan uchrashuvida nimalar muhokama qilindi?