Foto: UKIMET
Qozog‘istonda yana 525 milliard tenge noqonuniy aktivlar davlat daromadiga aylantirildi. Bu haqda mamlakat hukumati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, bosh vazir O‘ljas Bektenov raisligida noqonuniy aktivlarni qaytarish bo‘yicha komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Uning qaroriga ko‘ra, qo‘shimcha 525 milliard tenge (taxminan 1 mlrd dollar) davlat daromadiga aylantirilgan.
Ta’kidlanishicha, «Noqonuniy yo‘l bilan olingan aktivlarni davlat hisobiga qaytarish to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, ushbu mablag‘lar maxsus Davlat jamg‘armasiga o‘tkaziladi. Shuningdek, Orqaliq shahrida iqtidorli sportchilar uchun 120 o‘rinli sport majmuasi, Ostonada tayanch-harakat tizimida nuqsoni bo‘lgan bolalar reabilitatsiya markazi, Olmaotada 400 o‘ringa mo‘ljallangan alohida ehtiyojli odamlar uchun o‘quv markazi quriladi.
«Davlat rahbari ta’kidlaganidek, qaytarilgan barcha mablag‘lar qozog‘istonliklar manfaati uchun ishlashi kerak. Joriy yil boshidan beri komissiya umumiy qiymati 900 milliard tengedan ortiq aktivlarni qaytarish bo‘yicha kelishuvlarni tasdiqladi. Bu mablag‘lar hisobidan bir qator ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurilishi boshlab yuborildi», — dedi O‘ljas Bektenov.
Ilgari Qozog‘iston prezidenti topshirig‘iga binoan Oqmo‘la viloyatining Zerenda qishlog‘ida sport majmuasi, Turkiston viloyati Temirlan qishlog‘ida musiqa maktabi qurilishi uchun maxsus davlat jamg‘armasidan mablag‘ ajratilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
AQSH Adliya vazirligi Google'dan Chrome'ni sotishni talab qiladi
Tramp g‘alabasidan keyin Qo‘shma Shtatlarni butunlay tark etishni rejalashtirayotgan Gollivud yulduzlari
“Diabet — hayot tarzi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi