Foto: Xinhua
Xitoy 15 ta sun’iy yo‘ldosh ortilgan tijoriy raketani uchirdi, deb xabar beradi XXR markaziy televideniyesi.
Qayd etilishicha, «Litszyan-1 Y5» tashuvchi raketasi mahalliy vaqt bilan soat 12:03 da Xitoy shimoli-g‘arbidagi Dunfen tijoriy aerokosmik innovatsiya zonasidan start olgan.
Orbitaga jami 15 ta sun’iy yo‘ldosh, jumladan, «Szilin-1 Gaofen», «Yunyao-1», «Siguan-1» seriyalaridagi apparatlar, shuningdek, O‘mon uchun mo‘ljallangan masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshi olib chiqilgan.
«Litszyan-1» tashuvchi raketasining uzunligi 30 metrni, uchish massasi esa 135 tonnani tashkil etadi. U 1,5 tonnagacha bo‘lgan foydali yukni 500 kilometr balandlikdagi orbitaga yoki 2 tonnali yukni Yer atrofidagi orbitaga olib chiqishga qodir.
Avvalroq Yaponiyaning asosiy meteorologik sun’iy yo‘ldoshi ishdan chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mamlakat meteorologiya boshqarmasi nosozlik sababini bilmasligini va u qachon bartaraf etilishini ayta olmasligini ma’lum qilgan.
Undan oldin esa Yevropa, Afrika va Osiyoning bir qismi uchun keng polosali aloqani, jumladan, internet hamda telefon aloqasini ta’minlab kelgan Boeing sun’iy yo‘ldoshi kosmosda parchalanib ketgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi
Zelenskiy frontdagi Pokrovsk va Kupyansk shaharlariga tashrif buyurdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”