Foto: iLenta
Milliarder Ilon Mask xodimlarni ishga olishda birgina savol bilan ham bo‘lg‘usi xodim rost yoki yolg‘on gapirishini aniqlay oladi. Bu haqda tadbirkorga asoslanib Unilad yozmoqda.
Nomzodning bilimi, malakasi va fazilatlarini chetga surib, Mask boshqa narsalarni so‘raydi: "Siz o‘z faoliyatingizda duch kelgan eng qiyin muammo nima va uni qanday hal qildingiz? Hal qiluvchi pallalarda qanday qarorlar qabul qildingiz?
Nomzodlarni baholash va ishga olish-olmaslik haqida qaror chiqarish uchun shuning o‘zi yetarli. Oldingi ishida chindan ham murakkab vaziyatga tushib, qarshi chora ko‘ra olganlar o‘z muammolarini hech qachon esidan chiqarmaydi", dedi Mask.
«Shunday qilib, yolg‘onchini aniqlashingiz mumkin — ularga muammolar haqida juda chuqur savollar berasiz, boshidan o‘tkazganlar va yechim topa olganlarda javob bor, hal qiluvchi qarorlar qabul qilmaganlar esa ikkilanib qolishadi», — deya ta’kidladi Ilon Mask.
ABC telekanali xabariga ko‘ra, AQSH prezidentligi uchun kurashda respublikachilar shtabida asosiy shaxslardan biriga aylangan Ilon Mask ayni paytda yangi jamoaga nomzodlarni tanlashda ham Donald Trampga ko‘maklashmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Kelgusi yildan o‘quvchilar o‘rtasida harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi