17:13 / 12.11.2024
14

Ilon Mask Trampning kadrlar tanlash qaroriga ta’sir ko‘rsatmoqchi

Ilon Mask Trampning kadrlar tanlash qaroriga ta’sir ko‘rsatmoqchi
Foto: Getty Images
Amerikalik milliarder Ilon Mask saylangan prezident Donald Trampning bo‘lajak administratsiyasini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Bu haqda ABC News xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, Mask kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda o‘z hissasini qo‘shishni taklif qilgan. U saylovdan keyin Tramp atrofidagi nufuzli shaxsga aylangan. Milliarder siyosatchining Floridadagi Mar-a-Lagodagi qarorgohiga deyarli har kuni borishi ta’kidlanmoqda.

U saylov oqshomida Tramp oilasining suratida ham ko‘rinish bergan, bo‘lajak birinchi xonim Melaniya Tramp bilan kechki ovqatda birga bo‘lgan. Dam olish kunlari esa Tramp oilasi bilan golf o‘ynayotganida ko‘ringan. ABC News manbalari ta’kidlashicha, Mask hatto respublikachining kadrlar qarorlariga ham ta’sir ko‘rsatadi.

U Trampning xorijlik yetakchilar bilan kamida ikkita qo‘ng‘iroqlarida qatnashgan. Ukraina prezidenti bilan suhbatda Tramp hatto go‘shakni Maskka bergani aytilmoqda. Bundan tashqari, milliarder respublikachining Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon suhbatida ishtirok etgan.

Mask va Trampning aloqalari. Nimalar ma’lum?

Biznesmen Ilon Mask AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampning tarafdori hamda donori bo‘lgan. 5 oktyabr kuni u Trampning Pensilvaniyadagi saylovoldi mitingida nutq so‘zlagan. Milliarder “Amerikada Konstitutsiya va demokratiyani saqlab qolish uchun” Tramp g‘alaba qozonishi kerakligini aytgan.

Foto: Reuters
Sentyabr oyi boshida AQSH sobiq prezidenti saylovda g‘alaba qozongan taqdirda, Ilon Mask boshchiligida hukumat samaradorligini oshirish bo‘yicha komissiya tuzishini bildirgan. Mask keyinchalik bu masalani Tramp bilan muhokama qilgani va hamkorlikdan manfaatdor ekanini tasdiqlagan.

Shuningdek, milliarder prezidentlik saylovlarida respublikachi mag‘lubiyatga uchragan taqdirda, uni hibsga olishlari mumkinligini aytgan. Financial Times Mask Trampning prezidentlik kampaniyasini qo‘llab-quvvatlash uchun qariyb 75 million dollar ajratgani haqida xabar bergan. Mablag‘larning aksariyati reklamalarga sarflangan.

AQSHdagi 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda Tramp 312 ta, Harris esa 226 ta ovoz oldi. G‘alaba qozonish uchun esa 270 ta ovoz olish lozim edi. Tramp rasman 2025 yil 20 yanvarda davlat rahbari lavozimiga kirishadi. U prezidentlik davrida urushni 24 soat ichida tugatishni va’da bergandi, shuningdek, Ukrainaga harbiy yordam ajratilishini tanqid qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Mask Trampning kadrlar tanlash qaroriga ta’sir ko‘rsatmoqchi