19:18 / 12.11.2024
52

Qirolicha Yelizaveta II ning 96 yil yashashiga hissa qo‘shgan maxsus diyetasi

Qirolicha Yelizaveta II ning 96 yil yashashiga hissa qo‘shgan maxsus diyetasi
Britan monarxlari orasida taxtda eng uzoq vaqt qolgani marhum qirolicha Yelizaveta II ning uzoq umr ko‘rishiga yordam bergan ovqatlanish tartibini e’tiboringizga havola etamiz.

Foto: Dzen
2022 yilda vafot etgan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Britaniya tarixidagi eng uzoq — 70 yil davomida hukmronlik qilgan qirolicha hisoblanadi va undan o‘rganish kerak bo‘lgan narsalar talaygina. Albatta, qirolichaning 96 yil davomida jiddiy kasalliksiz umr ko‘rishi u yerdagi birinchi darajali tibbiyot, eng yaxshi parvarish yordam bergan, monarx esa asosiy vaqtini toza havoga to‘la yashil tabiat qo‘ynida ko‘proq vaqt o‘tkazgan. Ammo Yelizaveta II to‘g‘ri ovqatlanishga ham birdek e’tiborli bo‘lgan.

Bukingem saroyi oshpazi Darren Makgredining so‘zlariga ko‘ra, qirolicha o‘zi yeydigan har bir taom menyusini uch kun oldin shaxsan o‘zi ko‘rib chiqqan — rasmiy ziyofatlar menyusiga ham xuddi shunday yondashgan. Misol uchun, menyuda qirolichaga yoqmaydigan taomlar bo‘lsa, uni alohida yozib qo‘ygan, oshpazlar esa shunga qarab menyuni moslashtirgan.

Yelizaveta II va shahzoda Filipp, 1965 yil
Foto: Marie Claire

Agar malika yozilganlarga biror bir taom qo‘shmoqchi bo‘lsa, chiziq chizib, ustiga taom nomini yozgan. Shahzoda Endryu u bilan kechki ovqatni birga qilganida shunday bo‘lgandi, oshpazlar unga apelsinli krem bryule tayyorlab berishgan.

Qirolichaga tayyorlanadigan asosiy ovqatlar uchun yetkazib beriladigan mahsulotlarning bari tabiiy bo‘lgan va Yelizaveta II joylashgan qasr yaqinida yetishtirilgan. Misol uchun, sabzavotlar, mevalar, rezavorlar va ko‘katlar albatta qirollik bog‘ida bo‘lishi shart edi. Ma’lum bo‘lishicha, qirolicha mevalardan shaftolini, rezavorlardan qulupnayni yaxshi ko‘rgan.

Nonushta

Foto: Marie Claire
Britaniyaliklar azaldan choy ichishni xush ko‘radigan xalq, marhum qirolicha ham bundan mustasno emas edi. Hazrati oliyalari britaniyaliklarning bu ichimlikka bo‘lgan mehrini tasdiqlaydi. U tongda doim sut va shakarsiz choy ichar, shakar o‘rniga Yelizaveta ikkita pechene yeyishni yaxshi ko‘rar edi. U nonushta uchun yorma, tost, marmelad va yogurtni afzal ko‘rgan. Monarx shuningdek, to‘yimli nonushtani unchalik yoqtirmagan, ayniqsa, dudlangan losos bilan qovurilgan tuxumni iste’mol qilmagan.

Qirolichaning xizmatkori Charlz Oliverning aytishicha, Ikkinchi jahon urushidan beri Yelizaveta II zira, qora murch yoki sarimsoq bilan dimlangan seld balig‘i — kiperni xush ko‘rib iste’mol qilgan. Biroq bu ovqatni tayyorlashda deyarli sarimsoq qo‘shilmasdi, chunki Yelizaveta II sarimsoqni yoqtirmasdi, saroydagilarga ham iste’mol qilishni taqiqlagandi.

Tushlik

Foto: Marie Claire
Qirolicha tushlik uchun oddiy va past kaloriyali ovqatlarni afzal ko‘rgan, kraxmal va uglevodlardan voz kechib, ular o‘rniga kartoshka va makaronni qo‘shgan. Shuning uchun monarx ko‘pincha bug‘da pishirilgan baliq va dimlab pishirilgan sabzavotlarni iste’mol qilgan.

Tushdan keyingi choy

Foto: Marie Claire
Tushdan keyingi yengil tamaddi va choy ko‘plab inglizlarning, shu jumladan, qirollik oilasi a’zolari ratsionining bir qismidir. Yelizaveta II kechki soat beshlarda muhim vazifalardan qisqa tanaffus qilar yoki yuqori martabali mehmonlarni an’anaviy choyga taklif qilar edi. Bu paytda choy ichish bir-ikkita shirinlik bilan cheklanmasdi. Qirolichaning tushdan keyin choyi paytida dasturxonga turli xil pishiriqlar, sendvichlar va tortlar tortilgan, Yelizavetaning o‘ziga xos taomlari bo‘lgan — qirolicha dudlangan losos, yangi bodring va tuxum qo‘shilgan sendvichni, shirinliklardan esa shokoladli va zanjabilli tortni yaxshi ko‘rgan.

Kechki ovqat

Foto: Marie Claire
Yelizaveta II ko‘pincha kechki ovqatni dudlangan losos, forel va skumbriyadan tayyorlangan pashtet bilan boshlagan. Darren Makgredi qirolicha go‘shtli ovqatlarni sevib iste’mol qilganini eslaydi. Misol uchun, uning sevimli taomi qo‘ziqorin sousida pishirilgan kiyik go‘shtli steyk bo‘lgan. Monarx shirinliklarni unchalik xushlamagan, ammo shokoladni yaxshi ko‘rgan. Shuning uchun kechki ovqatdan keyin desert sifatida shokoladli shirinliklarni shaxsan o‘zi tanlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirolicha Yelizaveta II ning 96 yil yashashiga hissa qo‘shgan maxsus diyetasi