Foto: Reuters
Britaniyaning Financial Times nashriga ko‘ra, AQSH prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Donald Tramp 2024 yil sentyabr oyida Ukraina davlati rahbari Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda g‘alaba rejasining ikki bandiga qiziqish bildirgan.
“Ukrainaning Yevropa va AQSHdagi ittifoqchilari, jumladan, nufuzli respublikachilar mamlakatga jiddiy yordamni to‘xtatishni emas, balki Kiyev bilan yaqin hamkorlikni rag‘batlantiradigan takliflarni qanday ishlab chiqish bo‘yicha maslahat berdi”, deyiladi xabarda.
Zelenskiy g‘oyalaridan ikkitasi uning g‘alaba rejasida bayon etilgan bo‘lib, uni ishlab chiqishda ishtirok etgan odamlarning fikriga ko‘ra, mazkur bandlar aynan Trampga qaratilgan. Ushbu takliflar Ukraina prezidenti sentyabr oyida Nyu Yorkda Tramp bilan uchrashganida unga taqdim etilgan edi.
Reja bandlaridan biri urushdan keyin Yevropada joylashgan Amerika qo‘shinlarining bir qismini Ukraina qo‘shinlari bilan almashtirishni nazarda tutadi.
Ikkinchisi esa Ukrainaning muhim tabiiy resurslarini G‘arb hamkorlari bilan bo‘lishishni taklif qiladi. Manbalarga ko‘ra, Tramp yuqoridagi har ikki bandga qiziqish bildirgan.
Zelenskiyning g‘alaba rejasi
Avvalroq Zelenskiy Ukraina Oliy Radasida g‘alaba rejasini taqdim qilgan edi. Mazkur reja besh banddan iborat. Shuningdek, u uchta maxfiy qoidani o‘z ichiga oladi.
Foto: AP Photo
Ukraina yetakchisining ma’lum qilishicha, birinchi band geosiyosiy masalalar, ikkinchi va uchinchisi harbiy masalalar bilan bog‘liq. To‘rtinchi band iqtisodiy sohaga, beshinchisi esa xavfsizlikka tegishli.
Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiysi Ukrainaning NATOga integratsiyalashuv jarayonidir.
Rejaning mudofaa punkti maxfiy qo‘shimchaga ega va yordam ko‘rsatish uchun harbiy imkoniyatlarga ega bo‘lgan hamkorlar uchun ochiqdir. Uchinchi band ham AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va Germaniya rahbarlariga taqdim etiladigan maxfiy qismga ega. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi
Zelenskiy frontdagi Pokrovsk va Kupyansk shaharlariga tashrif buyurdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi