Tramp teleboshlovchini Pentagon rahbari qilmoqchi

Tramp teleboshlovchini Pentagon rahbari qilmoqchi
Foto: NBC News
AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Fox News telekanali boshlovchisi hamda urush faxriysi Pit Hegset nomzodini mudofaa vaziri lavozimiga ilgari surdi.

«Pit bir umr jangchi bo‘lgan. U shafqatsiz, aqlli va Amerikaga qalban sodiq», — dedi Tramp o‘z bayonotida.

Trampning fikricha, Pit Hegset bilan Amerika armiyasi yana qudratli bo‘ladi.

Pit Hegset 44 yoshda, AQSH milliy gvardiyasi faxriysi, Afg‘oniston, Iroq va Guantanamoda xizmat qilgan. 2014 yildan Fox News telekanalida ishlaydi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar