Foto: Reuters
Pentagon Rossiyaga qarshi mudofaa urushini olib borayotgan Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish uchun qancha mablag‘ qolganini ma’lum qildi. AQSH Mudofaa vazirligi rasmiysi, harbiy-havo kuchlari general mayori Pat Rayder ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, qolgan summa umumiy 9,3 milliard dollarni tashkil etadi. Saylangan prezident Donald Tramp lavozimiga kirishgunga qadar Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish rejalashtirilmoqda. Yangi prezident Ukrainaga mablag‘ ajratilishiga qarshi.
Presidential Drawdown Authority dasturi doirasida 7 milliard dollar qolgan (4,3 milliardi Kongress tomonidan ma’qullangan), 2,2 milliard dollar esa USAI (Ukraina xavfsizligiga ko‘maklashish tashabbusi) bo‘yicha mavjud.
Rayderning so‘zlariga ko‘ra, AQSH apreldan oktyabr oyi o‘rtalariga qadar Ukrainaga va’da qilingan o‘q-dorilarning 83 foizini, havo hujumidan mudofaa vositalarining 67 foizini va boshqa qurollarning 60 foizini yetkazib bergan.
425 million dollarlik yordam paketi
1 noyabr kuni Pentagon Kiyevga harbiy yordamning navbatdagi transhi ajratilishini e’lon qildi. Bu AQSH Mudofaa vazirligi arsenallaridan Ukrainaga 2021 yil avgustdan beri berilayotgan harbiy yordamning 69-transhidir. Uning hajmi 425 million dollarga baholangan.
Bu Ukrainaga o‘ta zarur bo‘lgan qurollarga ega bo‘lish imkonini beradi. Xususan, havo hujumidan mudofaa raketalari, stvolli artilleriya, reaktiv tizimlar uchun o‘q-dorilar, zirhli mashinalar hamda tankka qarshi qurollar haqida gap bormoqda, deb ta’kidlandi Pentagonda.
Gap yangi xaridlar haqida emas, balki AQSH arsenallarida saqlanayotgan qurol-aslahalarni haqida bormoqda.
Ukrainaga keyingi harbiy yordam so‘roq ostida
10 noyabr kuni AQSHning saylangan prezidenti kichik o‘g‘li Donald Tramp Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatish doirasida Ukrainaga ajratiladigan mablag‘ni qisqarishini aytdi. U Instagram sahifasida Ukrainaga pul yuborishni masxara qiluvchi video joylashtirdi. Montaj qilingan kadrlarda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Donald Tramp bilan yonma-yon turgan, so‘ngra kamera asta-sekin Zelenskiyga qaratiladi va uning ustiga dollarlar yog‘ila boshlaydi.
Ehtimol, gap 17 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan, respublikachi Donald Trampning prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasi tasdiqlanadigan kun haqida ketgan Saylov natijalariga ko‘ra, u demokrat Kamala Harrisni barcha yettita tebranuvchi shtatda ortda qoldirib, g‘alaba qozondi. Tramp 312 ta, Harris esa 226 ta ovoz oldi. G‘alaba qozonish uchun esa 270 ta ovoz olish lozim. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”