Foto: Reuters
“Vladimir Zelenskiyga Ukraina Qurolli kuchlarining frontdagi muammolari haqida xabar berilmayapti”, deb yozadi The Economist nashri. Nashr suhbatdoshi Ukraina rasmiylari davlat rahbariga barcha kerakli ma’lumotlarni taqdim etmayotganini ta’kidladi.
AQSH prezidentlik saylovlarida Donald Tramp g‘alaba qozongach, Ukraina o‘zgarishlarga tayyorlana boshladi. Ukrainalik yuqori martabali amaldorlardan birining so‘zlariga ko‘ra, Kiyevdagilar Tramp o‘zining yangi ma’muriyatiga Ukrainaga xayrixoh bo‘lgan sobiq davlat kotibi Mayk Pompeoni ishga qabul qilmaganidan hafsalasi pir bo‘lgan.
“Bu juda salbiy voqea”, deb tushuntirdi nashr suhbatdoshi.
Ukraina rasmiylari Trampning Ukraina bo‘yicha takliflari vitse-prezidentlikka nomzod Vensnikiga o‘xshab ketishidan xavotir bildirgan. Vensga ko‘ra, Rossiya va Ukraina qo‘shinlari o‘rtasidagi joriy kesishuv chizig‘ida demilitarizatsiya zonasini yaratish, shuningdek, Kiyevning NATOga qo‘shilishdan bosh tortishi ko‘zda tutilgan. Prezident Vladimir Zelenskiy bu taklifni “radikal” va “qabul qilib bo‘lmasligini” aytgan hamda Ukrainaga haqiqatda o‘z hududlaridan voz kechish taklif bildirilayotganini qo‘shimcha qilgan.
Foto: Vladimir Zelenskiyning Telegram kanali/ frontdagi Ukraina harbiylari
Avvalroq The Wall Street Journal (WSJ) manbalari Tramp Ukrainaga hududlarni qaytarmasdan, Rossiya bilan urushni to‘xtatishni va kamida 20 yil davomida NATOga a’zo bo‘lishdan bosh tortishni taklif qilishi mumkinligini xabar qilgandi. Buning uchun Qo‘shma Shtatlar Kiyevni qurol-yarog‘ bilan ta’minlashda davom etadi.
Shuningdek, Sky News nashri Ukraina qurolli kuchlari piyoda askarlari muhim ta’minot yetishmasligi tufayli muammoga duch kelayotgani haqida xabar bergan edi.
Nashr muxbirining Ukraina sharqidan ma’lum qilishicha, Ukraina armiyasi Donbassda mustahkam o‘rnashgan bo‘lishiga qaramay, ularning soni bilan bog‘liq katta muammo tufayli hamon qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda.
“Ukrain harbiylari Amerika tanklaridan piyoda manyovrlarida faqat jangchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun foydalanmoqda, chunki ularda hujumlarni amalga oshirish uchun yetarli odam yo‘q”, dedi muxbir.
Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, Donald Trampning prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan so‘ng AQSH yordamining qisqarishidan xavotirlar mavjud bir paytda Ukraina G‘arb ittifoqchilari, jumladan, AQSHdan yordam olishi “o‘ta muhim”. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi