Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmati KXDR qo‘shinlari Kursk viloyatida Ukrainaga qarshi jangovar harakatlarda qatnasha boshlaganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.
Bu haqda avvalroq Ukraina rahbarlari va AQSH Davlat departamenti bayonot bergan edi.
«Milliy razvedka xizmati Rossiyaga yuborilgan Shimoliy Koreya qo‘shinlari oxirgi ikki hafta ichida Kursk viloyatiga joylashganini baholamoqda», — deyiladi agentlik xabarida.
Ular frontga joylashishni tugatdi va allaqachon jangovar harakatlarda qatnashmoqda, deya qo‘shimcha qildi Janubiy Koreya razvedkasi.
Moskva va Pxenyan Shimoliy Koreya qo‘shinlarining Ukrainadagi urushda ishtirok etishini to‘g‘ridan to‘g‘ri tasdiqlamadi, biroq ikki davlat o‘rtasidagi ratifikatsiyasi so‘nggi kunlarda yakunlangan strategik sheriklik kelishuviga ishora qildi.
KXDRning Rossiyadagi askarlari soni 12 ming kishi atrofida baholanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi