21:00 / 14.11.2024
26

Yevropa ittifoqi Rossiyani moliyaviy “qora ro‘yxat”ga qo‘shishga chaqirdi

Yevropa ittifoqi Rossiyani moliyaviy “qora ro‘yxat”ga qo‘shishga chaqirdi
Foto: Getty Images
Bryusselda Rossiyani jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish xavfi yuqori bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kiritish uchun yetarli asoslar mavjud”, deya Yevroparlament deputatlari fikr bildirdi.

Yevroparlament Moskva Ukrainaga qarshi agressiv urushni Kremlga xalqaro sanksiyalarni chetlab o‘tish imkonini beruvchi korrupsion sxemalar orqali moliyalashtirayotganini ta’kidlagan. Bundan tashqari, yevropalik deputatlarning fikricha, mamlakatda davlat idoralari bilan chambarchas bog‘langan korrupsiya va uyushgan jinoyatchilik darajasi yuqori.

Rossiya hali xalqaro “qora ro‘yxat”ga kiritilmagan.

Financial Action Task Force (FATF) jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash standartlarini belgilaydi va amalga oshiradi. U ushbu standartlarni buzgan mamlakatlarning “qora” va “kulrang” ro‘yxatini tuzadi.

Foto: zigram.tech
Rossiya 2003 yilda FATF'ga a’zo bo‘lgan, ammo 2023 yilda Ukrainadagi urush tufayli uning a’zoligi to‘xtatilgan. O‘shandan beri Kiyev Rossiya jahon moliyaviy tizimiga tahdid solayotgani va tashkilot ro‘yxatiga allaqachon kiritilgan KXDR va Eron bilan yaqin aloqalarni saqlab turganini aytib, ikki marta Rossiyani FATF qora ro‘yxatiga kiritishga uringan.

Ammo har ikki safar ham bu qarorga FATF'ga a’zo bir qator nufuzli davlatlar, xususan, Hindiston, Xitoy, Saudiya Arabistoni va Janubiy Afrika qarshilik ko‘rsatgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropa ittifoqi Rossiyani moliyaviy “qora ro‘yxat”ga qo‘shishga chaqirdi