19
Bayden va Tramp G‘azodagi isroillik asirlar masalasini yanvargacha hal qilishga kelishib oldi
Foto: Reuters
AQSHning amaldagi va saylangan prezidentlari Jo Bayden va Donald Tramp 13 noyabr kuni Oval kabinetida bo‘lib o‘tgan ikki soatlik uchrashuv chog‘ida Respublikachilar partiyasining inauguratsiyasidan oldin G‘azoda garovga olinganlarni qaytarish zarurligini muhokama qilishdi, deb yozadi Axios manbalarga tayanib.
Oq uyga ko‘ra, garovga olinganlarning oilalari ulardan hamkorlikda ishlashni so‘ragan.
Nashr manbalarining qayd etishicha, Tramp bilan uchrashuv chog‘ida Bayden undan Isroil va HAMAS o‘rtasida garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishish uchun birgalikda ishlashni so‘ragan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Tramp muammoni keyinga qoldirib bo‘lmasligini va u lavozimga kirishgunga qadar hal qilinishi kerakligiga rozi bo‘lgan.
Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Jeyk Sallivanning aytishicha, iste’foga chiqqan Bayden ma’muriyati Tramp jamoasiga bu masalada hamkorlik qilishga tayyorligi haqida “signal” yuborgan.
Shu kuni Bayden G‘azoda HAMAS tomonidan garovga olingan AQSH fuqarolarining oila a’zolari bilan uchrashgan. Oq uy prezident “barcha garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha AQSHning sa’y-harakatlari to‘g‘risida yangilangan ma’lumotlarni” ularga taqdim etgani va uning ma’muriyati asirlarning qaytishini ta’minlash niyatida ekanligini ma’lum qilgan.
Ikki nafar Axios manbasiga ko‘ra, Bayden uchrashuvga kelganlardan qarindoshlari hali ozod etilmagani uchun uzr so‘ragan.
Foto: Reuters/ isroillik garovga olinganlarning suratlari
2023 yil 7 oktyabrdan beri bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida isroillik garovga olinganlarning bir qismi ozod qilindi, bir necha kishi halok bo‘ldi. Isroil razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, 101 nafar isroillik garovda qolmoqda. Ularning yarmi o‘lgani taxmin qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi