Foto: PBS news
Urushni tugatish bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralarni qachon boshlashni faqat Ukraina hal qilishi mumkin. Bu haqda NATO bosh kotibi Mark Ryutte Latviya prezidenti Edgars Rinkevich bilan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Shu bilan birga, Ukraina kuch pozitsiyasidan muzokaralar olib borish imkoniga ega bo‘lishi uchun Ryutte NATO ittifoqchilarini harbiy yordam berishda davom etishga chaqirdi.
“Faqat Ukraina hukumati Rossiya bilan muzokaralarni boshlash yoki boshlamaslik va bu urushni qanday tugatish haqida qaror qabul qilishi mumkin. Lekin ukrainaliklar buni kuchli pozitsiyadan turib amalga oshirishi kerak. Shuning uchun mudofaa yordamini yetkazishda davom etishimiz lozim”, deya ta’kidlagan Ryutte.
U yana bir bor Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish yo‘lini qaytarib bo‘lmasligini ta’kidlagan.
“Biz 40 milliard yevro ajratish, Visbadenda qo‘mondonlik yaratish, ittifoqchilar Ukraina bilan ikki tomonlama darajada tuzgan barcha kelishuvlar bilan Ukraina uchun NATOga “ko‘prik” qurmoqdamiz. Bularning barchasi Ukrainaning NATOdagi kelajagiga qo‘shilgan hissadir”, deya qo‘shimcha qilgan alyans bosh kotibi.
Foto: RBC
Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya vakillari bilan muzokaralarni boshlashga qarshi emasligi, lekin suhbat “teng shartlarda” o‘tishi kerakligini ma’lum qilgan edi:
“Biz ruslar bilan gaplashishga, ular bilan muzokara o‘tkazishga qarshi emasmiz. Faqat muzokaralar teng shartlarda o‘tishi kerak”. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi