
Foto: Getty Images
Xitoyda imtihondan yiqilgan talaba pichoq bilan talabalarga hujum qilishi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi.
“Usi shahrida erkak San’at va texnologiya kasb-hunar instituti talabalariga hujum qildi”, deyiladi xabarda.
Xabarga ko‘ra, hodisa oqibatida yana 17 kishi jarohatlangan.
Hujum mahalliy vaqt bilan taxminan 18:30 da sodir bo‘lgan. 21 yoshli jinoyatchi qo‘lga olinib, aybiga iqror bo‘lgan.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, erkak 2024 yilda San’at va texnologiya kasb-hunar institutida o‘qishni tamomlagan. U yakuniy imtihonlarda muvaffaqiyatsizlikka uchragani uchun bitiruv attestatini ololmagani aytilgan.
Avvalroq Xitoyda avtomobil olomonni bosib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Hodisa Guandun provinsiyasining Chjuxay shahrida sodir bo‘lgan va uning oqibatida 35 kishi halok bo‘lgani, 43 kishi esa jarohatlangani ma’lum bo‘lgan.
Avtomobilni 62 yoshli erkak boshqargan. U voqea joyidan qochishga uringan, biroq qo‘lga olingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar