Foto: Getty Images
Isroilning Keysariya shahridagi bosh vazir Binyamin Netanyaxuning xususiy qarorgohi hududiga ikkita signalli raketa uchirildi. Bu haqda Isroil politsiyasi va “Shin-Bet” ichki xavfsizlik xizmatining qo‘shma bayonotida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 16 noyabr kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Hodisa yuz bergan paytda hukumat rahbari va uning oilasi uyda bo‘lmagan. Vayronagarchilik qayd etilmagan. Qo‘shma bayonotda bu “xavfli eskalatsiya” deb nomlangan.
Netanyaxu qarorgohiga avval ham hujum qilingandi
“Hizbulloh” joriy yil 19 oktyabr kuni Isroil bosh vazirining shaxsiy qarorgohiga dron hujumi uyushtirdi. O‘shanda ham Netanyaxu va uning rafiqasi Sara qarorgoh tashqarisida bo‘lgan. Hech kim jarohat olmagan.
“Hizbulloh” uchta dron uchirgan va ularning barchasi Kesariyadagi qarorgohga qaratilgan. Isroil harbiylari ularning ikkitasini urib tushirgan. 22 oktyabr kuni “Hizbulloh” qarorgohga qilingan hujum uchun javobgarlikni rasman o‘z zimmasiga olgan.
Netanyaxu qarorgohiga hujum tufayli Eronga va ittifoqchilariga tahdid qilib, “og‘ir tovon to‘lash”lari haqida ogohlantirgan. Isroil “Hizbulloh” dronlarini urib tushirish uchun 500 million dollarlik lazer qurilmalariga buyurtma bergan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi