06:57 / 18.11.2024
20

Berlinda Rossiya muxolifati tomonidan uyushtirilgan urushga qarshi marsh bo‘lib o‘tdi

Berlinda Rossiya muxolifati tomonidan uyushtirilgan urushga qarshi marsh bo‘lib o‘tdi
Foto: AP
Berlinda Rossiya muxolifati tomonidan uyushtirilgan urushga qarshi marsh bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar Rossiya elchixonasi binosi oldiga yetib borishdi. U yerda miting tashkilotchilari Ilya Yashin, Vladimir Kara-Murza va Yuliya Navalnaya yig‘ilganlarga murojaat qildi.

Yashin, xususan, shunday dedi: «Siz chiqib, Putin Rossiya emasligini ko‘rsatganingizdan juda minnatdorman. Rossiya bu biz. Biz urushga, tajovuzga qarshimiz, biz erkin, tinch Rossiya tarafdorimiz».

Kara-Murza bu marhum Boris Nemsovning eng sevimli shiori ekanligini ta’kidlab, «Chekistlar hukumati yo‘qolsin» deb hayqirdi. «Siz har qanday saylov natijalarini soxtalashtirishingiz mumkin, siz so‘rovlar natijalarini soxtalashtirishingiz mumkin, ammo bu yorqin, go‘zal insonlar yuzlaridan iborat dengizni soxtalashtira olmaysiz», dedi u.

Yuliya Navalnya stol ustiga chiqib shunday dedi: «Men birinchi marta stol ustida gapiryapman, lekin agar stolga chiqib, Putinni qotil deb aytish kerak bo‘lsa, men stolga chiqib, Putinni qotil deb aytaman», dedi u.

Aksiya boshlanganidan keyin politsiya ishtirokchilar soni 1800 kishi ekanini ma’lum qildi. «Meduza» muxbirlari marshga 2-3 ming kishi kelganini ta’kidladi. «Dojd» 4-5 ming ishtirokchi haqida xabar berdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Berlinda Rossiya muxolifati tomonidan uyushtirilgan urushga qarshi marsh bo‘lib o‘tdi