Robert Habek Foto: Michele Tantussi / Reuters
Germaniya vitse-kansleri va iqtisodiyot vaziri Robert Habek Germaniya hukumati rahbari lavozimiga saylansa, Ukrainaga TAURUS uzoq masofali qanotli raketalarini yuborishga va’da berdi. Bu lavozimga «Ittifoq-90»/«yashillar» partiyasidan nomzod 17 noyabr, yakshanba kuni ARD telekanaliga bergan intervyusida Kiyevga TAURUS yetkazib berilishiga qarshi bo‘lgan Germaniyaning amaldagi kansleri Olaf Sholsning qarorini qayta ko‘rib chiqish istagini bildirdi.
Xristian-demokratik ittifoqdan (XDI) Germaniya kansleri lavozimiga yana bir nomzod Fridrix Mers avvalroq xuddi shunday saylov va’dasini berib, Sholsni strategik qarashga ega emaslikda ayblagan edi.
Olaf Shols Kiyevni TAURUS raketalari bilan ta’minlashdan bosh tortishiga Germaniyaning urushga tortilishi xavfi sabab bo‘lgan. Bir kun oldin Germaniya Mudofaa vazirligi rahbari, Sholsning Sotsial-demokratik partiyadagi partiyadoshi Boris Pistorius ham Ukrainaga TAURUS yetkazib berilishi haqida salbiy gapirib, Kiyevga qanotli raketalarni yetkazib berish Ukrainadagi vaziyatni o‘zgartirmasligini aytdi.
Germaniyada Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlash pasaymoqda
Ukrainaga harbiy yordamni ma’qullagan Germaniya aholisi soni biroz kamaydi. 12 noyabr kuni Germaniyaning Kyorber nomidagi jamg‘arma buyurtmasi bo‘yicha Verian instituti tomonidan e’lon qilingan so‘rov natijalariga ko‘ra, hozir nemislarning 57 foizi bunday qo‘llab-quvvatlash tarafdori. Bu o‘tgan yilga nisbatan to‘qqiz foizga kam. Shu bilan birga, respondentlarning 45 foizi Ukrainadagi urushni eng katta geosiyosiy muammo deb biladi.
Respondentlarning qariyb yarmi (47 foizi) Ukraina qo‘shni davlat tomonidan bosib olingan barcha hududlarni qaytarmaguncha kurashni davom ettirishi tarafdori. Shu bilan birga, respondentlarning 43 foizi Kiyev xalqaro tan olingan hududining bir qismi bilan xayrlashishi va shu orqali urushni tugatishga harakat qilishi kerak, deb hisoblaydi.
Ukrainadagi urush masalasida Germaniyaning g‘arbiy va sharqiy hududlari o‘rtasida sezilarli farq bor. Shunday qilib, sharqda hududlardan voz kechish g‘oyasini 52 foiz, keyingi kurash g‘oyasini esa 38 foiz qo‘llab-quvvatladi. G‘arbda bu masalalarni qo‘llab-quvvatlash mos ravishda 40 va 49 foizni tashkil etdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”