Foto: Getty Images
Qo‘shma Shtatlar razvedka xizmati vakillari AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp uchun brifing o‘tkazishni boshladi. Bu haqda The Washington Post nashri xabar berdi.
AQSH rasmiylari orasidagi manbalarga ko‘ra, Milliy razvedka direktori idorasi Trampga saylovdan ko‘p o‘tmay maxfiy ma’lumotlarni taqdim qila boshlagan. Apparat vakillari “1952 yildan beri mavjud bo‘lgan an’anaga ko‘ra, saylangan prezidentga razvedka masalalari bo‘yicha brifinglar berishlarini” tasdiqlagan.
Saylov kampaniyasi chog‘ida Tramp jurnalistlarga maxfiy razvedka ma’lumotlarini olishni istamasligini, chunki uni oshkor qilganlikda nohaq ayblashlaridan qo‘rqishini aytgan.
Axios nashri Tramp hukumatni shakllantirish tezligi bo‘yicha zamonaviy Amerika tarixida rekord o‘rnatgani haqida xabar bergan edi. Xususan, u saylovdan so‘ng 12 kun ichida vazirlik lavozimlariga 12 ta tayinlovni amalga oshirgan.
Hukumatni shakllantirish amaldagi prezidenti Jo Baydendan besh baravar va Trampning birinchi kabinetini shakllantirishdagidan to‘rt barobar tezroq amalga oshgan.
“Bu tarixdagi hokimiyatni eng samarali topshirish yoki barcha me’yorlarni buzgan holda tekshiruvsiz, tadqiqotsiz va Senat bilan maslahatlashuvlarsiz amalga oshirilgan tayinlov jarayoni”, dedi hokimiyat almashinuvi masalalariga ixtisoslashgan Amerika universiteti Biznes maktabi dekani Devid Marchik. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»