Foto: Reuters
G‘azo sektorida 2023 yil oktyabr oyidan beri davom etayotgan jangovar harakatlar tufayli 17 492 nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda anklav hokimiyati matbuot xizmati o‘z Telegram kanalida ma’lum qilgan.
Xabarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning 211 nafari yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 825 nafari 1 yoshgacha bo‘lgan bolalardir. Kamida 35 060 nafar voyaga yetmaganlar ota-onasidan biri yoki ikkalasidan ayrilgan, 3500 ga yaqini surunkali to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda.
Ta’kidlanishicha, ko‘chirilgan aholi vakillari joylashtirilgan 204 ta vaqtinchalik markazlar Isroilning zarbalariga uchragan. Bomba portlashi oqibatida 130 ga yaqin ta’lim muassasasi butunlay vayron bo‘lgan, 340 dan ortig‘i sezilarli darajada zarar ko‘rgan. 785 mingga yaqin talaba darsga qatnash va o‘qishni davom ettirish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan avvalroq e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, anklavdagi keskinlik tufayli jami 44 mingga yaqin falastinlik halok bo‘lgan va 104 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.
Foto: Reuters
Avvalroq G‘azo sektorida mojaro boshlanganidan beri halok bo‘lgan BMT xodimlari soni 241 nafarga yetgani ma’lum qilingandi.
Unga ko‘ra, halok bo‘lganlarning 237 nafari BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) xodimlaridir. Shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Rivojlanish dasturi, Loyiha xizmatlari byurosi va BMTning Qo‘riqlash va xavfsizlik boshqarmasidan bittadan kishi G‘azoda halok bo‘lgan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi hisobotida Isroil armiyasining hujumi G‘azo sektorining rivojlanishini deyarli 70 yil orqaga surgani ma’lum qilingan.
Foto: Reuters
“G‘azo 70 yil oldingi, ya’ni 1955 yildagi rivojlanish darajasiga qaytdi. Hozirgi vaqtda iqtisodiyotni bo‘g‘ib qo‘yayotgan cheklovlar olib tashlanishi kerak”, dedi Taraqqiyot dasturining Falastin aholisiga yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus vakili o‘rinbosari Chitose Noguchi.
Ta’kidlanishicha, 2023 yil 7 oktyabrdan boshlab G‘azoda yaqin tarixdagi eng yirik gumanitar ofatlardan biri ro‘y bermoqda. Mavjud vaziyat misli ko‘rilmagan ko‘p qurbonlar, vayronagarchiliklar, oziq-ovqat xavfsizligi va ommaviy ko‘chishlarga olib keldi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?