© Sputnik / Vladimir Astapkovich
Maxsus harbiy operatsiya Rossiya o‘z maqsadlariga erishganida tugaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Hindiston va Rossiya ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar: Hindiston va Rossiya xalqlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash” nomli uchrashuvda ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Bu qachon tugashi mumkin, qachon yakuniga yetadi degan savolga javob berishning iloji yo‘q deb o‘ylayman. Ammo men sizga ayta oladigan yagona narsa shuki, biz maqsadlarimizga erishganimizdan so‘ng bu nihoyasiga yetadi”, — dedi Peskov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya maxsus harbiy operatsiya maqsadlariga erishish uchun hamma narsani qilmoqda.
"Siz Vashington ma’muriyatining bizning mamlakatimizga qarshi uzoq masofali aniq raketalarni ishlatishga ruxsat bergani haqidagi hikoyani bilasiz. Shuning uchun biz o‘z maqsadlarimizga (maxsus harbiy operatsiya – tahr.) tezroq erishish uchun zarur bo‘lgan barcha ishni qilyapmiz”, — deya aniqlik kiritdi Rossiya prezidenti matbuot kotibi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?